Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə133/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Tovush

Harf

i

i

e

e

a

a

o

o

o‘

o‘

u

u


Eshitishida muammolari bo‘lgan (kar, zaif eshituvchi) bolalar maktablarida talaffuzga o‘rgatish tartibi va yo‘llari.

Maxsus sharoitda nutq o‘rgatilmagan kar bolalar ham o‘z ovozini sezadi. Bu holat xissiy vaziyatlarda, ya’ni bolalar quvonganda yoki yig‘laganda


va atrofdagalarning e’tiborini qaratishga harakat qilganlarida namoyon bo‘ladi.

Bolalar ovoz kuchini, balandligi va tembri bo‘yicha har-hil o‘qiydilar. Karlarda ovoz tavsifi ularning eshitish xolati va uni yo‘qotish davriga bog‘liqdir. Odatda eshitish qoldig‘iga ega bo‘lgan va kech kar bo‘lgan bolalar tabiiy ovozga ega bo‘ladilar.

Hayotining 1-, 2-yilida, shuningdek tug‘ma ravishda eshitishini yo‘qotgan yoki eshitish qoldig‘iga ega bo‘lmagan bolalarda har-xil ovoz nuqsonlarini (masalan: kuchsiz, chinqirgan, baland, pinqilik) ko‘rish mumkin.

O‘qituvchi uchun o‘quvchining maktabga kelgan kunidanoq ovoz chiqarish reaksiyasini chaqiruvchi har-xil vaziyatlardan foydalanishi muhimdir. Buning muhimligi shundaki, ayrim bolalar o‘z ovoz aparatidan foydalana olmaydilar, bunday bolalar xuddi ovozsizdek tuyuladi.

Bunday holatlarda, ya’ni o‘quvchining ovozi hosil bo‘lmayotgan paytlarda o‘qituvchi yoki ota-ona otolaringologga uchrashi va bu o‘quvchining ovoz apparatining xolatini aniqlashi kerak.

Tayyorlov mashqlari o‘yin harakatlarida, ya’ni yuzning har-xil xarakati


va ifodali mimikasi bilan ifodalanadi. Bu o‘quvchilarda tabiiy jarangli ovoz chiqarishga imkon beradi.

Ko‘pchilik kar o‘quvchilarda eshitish qoldig‘i mavjuddir. Bundan foydalanish va bolalarga o‘qituvchining ovozi bilan birga o‘z ovozini eshitish imkoniyatini yaratish juda muhimdir. O‘quvchi bilan ishlaganda dastlab cho‘ntak, individual apparatlardan foydalanish zarur. Namuna sifatida quyidagi tayyorlov ovoz mashqlarini sanab o‘tamiz.

Oddiy, sodda so‘zlarni avvaliga taqlid bo‘yicha, keyinchalik mustaqil, musiqa-rasm, o‘yinchoqlar ovozini taqlid qildirib, nomlarini aytgan holda talaffuz qilish.

Namunaviy material, ot, mo‘, (sigir), ba (qo‘y), qu-qu (tovuq), miyov (mushuk).

O‘qituvchi rasm yoki o‘yinchoqni ko‘rsatib, tegishli ovoz chiqarib, so‘zni talaffuz qiladi va taqlidga asosan o‘quvchilar ovozini xosil qiladi.

Tayyorlov ovoz mashqlarini o‘yin, insinirovkalar bilan olib borish yaxshi natija beradi. Masalan:

a) qo‘g‘irchoqqa alla aytish. O‘quvchilar navbat bilan qo‘llarida qo‘g‘irchoqni tebratib, o‘-o‘-o‘-o‘ tovushini talaffuz qiladi.

b) chaqirish. Bolalar “o‘rmon” sahnasida ishtirok etib, yo‘qolgan o‘quvchini chaqiradilar.

v) mushuk va qushlar. O‘quvchilarning biri mushuk, qolganlari qush kabi qanot qoqadilar. Mushuk - miyovlaydi, qushlar - ku-ku, chi-chi-chi, pi-pi-pi deb talaffuz qiladi.

Alifbe davrining dastlabki qismida yani ikkinchi chorak davomida tayyorlov sinf o‘quvchilari daktil va og‘zaki tarzda o‘qitiladilar. Uchinchi chorakdan boshlab og‘zaki daktil tarzda o‘qiydilar. Chunki bu davrga kelib o‘quvchilar 18 ta asosiy fonemalarni egallab oladilar, qolganlarini vaqtincha almashtirib talaffuz qiladilar. Shu tufayli hali talaffuzini egallamagan tovushlargina daktillab o‘qilib, qolgan hamma tovushlar og‘zaki aytilishi talab qilinadi.

Karlarni og‘zaki so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishga dastlab talaffuzi oson, engil, ko‘rinadigan 18 ta tovush talaffuzi o‘rgatiladi: a, o, u, i, e, o‘, p, t, k, f, s, sh, x, m, n, r, l. Qolgan tovushlar vaqtincha quyidagi tartibda almashtirib aytiladi: b-p, d-t, g-k, z-s, ch-sh, q-k.

Dasturning bu talabini to‘liq amalga oshirish uchun sinf o‘qituvchisi yakka mashg‘ulot o‘qituvchisi va ota-onalari bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi va ularning oldiga yagona talab qo‘yilgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatmog‘i lozim.




Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin