Тематическое планирование
№
|
Название глав
|
Часы
|
Повторение
|
Всего
|
1.
|
Наши праздники
|
4
|
1
|
5
|
2.
|
В школе
|
4
|
1
|
5
|
3.
|
Время года
|
6
|
2
|
8
|
4.
|
Семья
|
6
|
1
|
7
|
5.
|
Материал для развития речи
|
4
|
1
|
5
|
6.
|
Элементы грамматики и письма
|
4
|
|
4
|
Итого
|
28
|
6
|
34
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida eshitishida muammolari
bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar
tayanch o‘quv dasturlari
(1-2-sinflar uchun)
Toshkent – 2021
Mazkur o‘quv dasturlari O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Ilmiy-metodik kengashining 2021 yil “___”___________dagi ___-son qorori bilan ma’qullangan.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova umumiy tahriri ostida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
U.Fayziyeva - O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i.
p.f.n.
K.Jo‘raboyev - O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik respublika tashxis markazi direktorining
birinchi o‘rinbosari.
Matematika fanidan o‘quv dasturi
Tushuntirish xati
(1-sinf uchun)
Birinchi sinf dasturida “1-20 sonlarining tarkibi” mavzusi maxsus ajratib berilgan. Bu mavzuni o‘tishga alohida e’tibor qaratilishi talab qilinadi, chunki unda o‘quvchilarda birinchi sinfdan boshlab sonning tarkibi, hosil bo‘lishi haqida mukammal tushuncha hosil qilinishi maqsad qilib qo‘yiladi. Sonning tarkibi haqidagi tushuncha bu o‘quvchilarni matematika fanidan fundamental bilim olishga, hamda keyingi mavzularni mukammal o‘rgana olishiga ayniqsa, o‘nlikdan oshib qo‘shish, ayirish amallarini o‘rganish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi sinfning ikkinchi choragida 20 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni nomerlash o‘rgatiladi. O‘nlikdan oshmasdan, o‘nlikdan oshib qo‘shish, ayirish amallarini bajarish. Ikkinchi o‘nlik sonlarini taqqoslash o‘rgatiladi.
III-IV choraklarda 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar: og‘zaki va yozma sanash, raqamlash, 100 ichida qo‘shish, ayirish, bitta noma’lum sonni topish (jumladan og‘zaki hisoblash, misollar echish), tegishli matematik terminlarni bilish. Eshitishida muammolari bo‘lgan ayrim bolalardagi so‘zlarni yahlit talaffuz qilishdagi qiyinchilikni hisobga olib, ayrim hollarda matematik terminlarni aytishda yozuvli kartochkalardan foydalanishi mumkin. Lekin o‘tilayotgan barcha iboralarni, raqamlarning nomlanishini tushunishi, misollarning echilish tartibi, qoidalarini barcha o‘quvchilar bilishi shart. Noma’lum qo‘shiluvchi va noma’lum kamayuvchi, ayiriluvchilarni topish, qo‘shish va ayirish amallari mustahkam egallangandan so‘ng berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |