(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
27. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning o‘quv ishlari
hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) va o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash
asosida amalga oshiradigan o‘qituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro
matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika
olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International
Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad
(IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan
olimpiadalarida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
28. Umumta’lim muassasalari pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif
stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar har yili 1-iyulga qadar belgilanadi va o‘quv
yilining yarim yillik yakunlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
29. Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini umumta’lim
muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga
erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan
ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li
bilan moddiy rag‘batlantiriladi.
Ushbu to‘lovlar Jamg‘arma mablag‘lari doirasidan kelib chiqqan holda, yiliga bir necha
marotaba amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO),
Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi
— International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International
Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in
Informatics (IOI) g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga
navbatdagi o‘quv yili uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga
qarab tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq to‘lanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
30
1
. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim
tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga
qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida
rag‘batlantiriladi:
o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim
tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining
direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;
o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga
o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9
baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;
o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga
o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6
baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.
30
2
. Mazkur Nizomning
30
1
-bandida
nazarda tutilgan pul mukofotlarini tayinlash tuman
(shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining
tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Bunda:
o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan
o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni
tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida
faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat
tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni
ushbu Nizomning 30
1
-bandi
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida
belgilangan foiz qismining kamida
uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari o‘z murojaatida mazkur Nizomning
30
1
-bandida
qayd etilgan ko‘rsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli
hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari erishilgan ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini
tekshirib ko‘radi hamda tasdiqlangan ma’lumotlar asosida maktab direktori va direktor
o‘rinbosarlarini mukofotlash bo‘yicha tegishli buyruq qabul qiladi va ushbu buyruq mukofotlarni
to‘lash uchun asos hisoblanadi.
(30
1
va 30
2
-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
831-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
09/20/831/1697-son)
31. Ishchi guruh o‘qituvchiga o‘quvchilarining xalqaro olimpiadalaridagi natijalari uchun
ustama belgilashda, xalqaro olimpiadalarning sovrindorligini tasdiqlovchi diplom (sertifikat)
asosida qaror qabul qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli
umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur
Nizomning
29-bandidan
tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki
baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra
yoki umumta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda
hollarda, ya’ni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, xodim va
uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda, og‘ir
kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
34. Umumta’lim muassasasi rahbariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moddiy
rag‘batlantirish yuqori turuvchi tashkilot tavsiyasi asosida berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |