O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
823-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son
qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning
direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini
rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish
va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga
ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-
internatlarda (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb ataladi) tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |