belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish
umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va
moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhi deb ataladi)
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi
bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari
ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Ishchi guruh umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa
direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
Ishchi guruh a’zolari — o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, umumta’lim muassasasi
pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va
o‘quvchilarning ota-onalaridan vakillar.
Umumta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Ishchi
guruhning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ushbu ishchi guruh tarkibi har
o‘quv yili boshlangunga qadar umumta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan qayta ko‘rib
chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari, umumiy o‘rta
ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili o‘zgartirib borilishi shart.
11. Ishchi guruh:
Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishini rejalashtiradi va nazorat qiladi;
o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor,
yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarini ularning
faoliyatini ushbu Nizomga
1-ilovadagi
baholash mezonlari asosida aniqlaydi, bazaviy tarif
stavkasiga har oylik ustama belgilaydi, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlaydi hamda
ularga moddiy yordam belgilaydi;
pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama
belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash va moddiy yordam berishda adolat va
xolislik prinsiplariga amal qiladi.
12. Ishchi guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni
bajaradi:
a) Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishini rejalashtirish va nazorat
qilish bo‘yicha:
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumta’lim
muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib
ketmasligini nazorat qiladi;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va
kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan
pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini
belgilaydi;
Dostları ilə paylaş: