o‘quv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog,
psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha ushbu Nizomga
umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyati natijalari
asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgartirish yoki bekor qilish,
zarur hollarda, ustamalar miqdoriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, qabul
b) o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor,
yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarini ularning
faoliyatini baholash mezonlari asosida aniqlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash,
umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash hamda ularga moddiy yordam belgilash bo‘yicha:
(12-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining
yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi
majlisida Jamg‘arma hisobidan tegishli pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif
stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan axborot beradi;
umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi
qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilaydi;
v) pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama
belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berishda
adolat va xolislik prinsiplariga amal qilish bo‘yicha:
o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berayotgan o‘quvchilarining bilimi, malakasi va ko‘nikmalarining
muayyan sinf va o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga
muvofiqligini sinf jurnalidagi qaydlar orqali tahlil qiladi;
mukofotlanadigan va moddiy yordam ko‘rsatiladigan xodimlarni, shuningdek,
rag‘batlantirish miqdorini aniqlaydi.
13. Ishchi guruhning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari bir yilda kamida bir marta,
istisno hollarda zaruratga ko‘ra, o‘tkaziladi.
Zarur hollarda, ishchi guruh raisining tashabbusi yoki ishchi guruh a’zolaridan kamida ikki
nafarining taklifiga ko‘ra xodimlarni mukofotlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama
haqlarni qayta ko‘rib chiqish hamda xodimning murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining
tashabbusi bilan moddiy yordam berish haqidagi masalada ishchi guruhning navbatdan tashqari
majlisi chaqirilishi mumkin.
Pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim
muassasalari xodimlariga mukofotlar berish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishchi guruh
majlisi qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi
fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
14. Ishchi guruh majlisini o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar ishchi guruh mas’ul kotibi
tomonidan tayyorlanadi hamda majlisga uch kun muddat qolganda ishchi guruh rahbar va a’zolariga
taqdim etiladi.
Ishchi guruh mas’ul kotibi hujjatlarning yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
15. Ishchi guruh majlislari ishchi guruh a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi
ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmasi va umumta’lim muassasasi kuzatuv
kengashi va o‘quvchilar ota-onalari vakillarining ishtiroki majburiy hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-
dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
09/20/831/1697-son)
Ishchi guruh qarori ishchi guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovoz berishi yo‘li bilan
qabul qilinadi. Ishchi guruh rahbari barcha a’zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib
qolganda, ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ishchi guruh a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, uni
mukofotlash yoki unga moddiy yordam belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa,
ishchi guruhning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu
haqida ishchi guruh majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
16. Ishchi guruhning qarori majlisda ishtirok etgan uning barcha a’zolari tomonidan
imzolanadigan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda umumta’lim muassasasining muhri
qo‘yiladi.
Ishchi guruh bayonnomalarini rasmiylashtirish uchun alohida umumiy daftar yuritiladi,
daftar yuqori tashkilot tomonidan tikiladi va ushbu tashkilot rahbari tomonidan sahifalanib
imzolanadi.
Ishchi guruh majlisining bayonnomasi maxsus daftarga qayd etiladi va undan ko‘chirma
yuqori turuvchi organga yuboriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif
stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam
ko‘rsatishning to‘g‘ri, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun javobgarlik Ishchi guruh rahbari
zimmasiga yuklatiladi.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-
dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
09/20/831/1697-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va
kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni
mukofotlash va ularga moddiy yordam berish to‘g‘risida Ishchi guruhning qarori asosida
umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i chiqariladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)
18. Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda
maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori
to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: