Umumiy o'rta ta'lim


 MATEMATIKA O'QITISHNING XUSUSIY METODIKASI



Yüklə 226,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix09.04.2023
ölçüsü226,97 Kb.
#95290
1   2   3   4   5
doc

 
2.2. MATEMATIKA O'QITISHNING XUSUSIY METODIKASI 
 
Metodika 
pedagogikaning 
tarkibiy 
qismi 
(pedagogika 
yunoncha 
paidagogike) bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan 
sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli 
va metodpari (uslublari) haqidagi fandir. 
Metodologiya esa (metod va logika so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, 
mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limotdir. 
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va 
izchilligini o'z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda 
bajarilgai faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Xozirgi zamoy adabiyotlarida 
metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya'ni ilmiy bilish 
faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. 
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma'lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish 
metodlari to‘g‘risidagi ta'limot.
Boshqacha aytganda metodika - bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan 
talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir. 
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan 
bog‗liq. Boshlang‗ich matematika metodikasi ta‘limning boshqa fan metodikalari 
(ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‗qitish metodikasi) bilan 
bog‗liq. 
O‗qitishda predmetlararo bog‗lanishni to‗g‗ri amalga oshirish uchun
o‗qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‗lanishlarni, munosabatlarni
aloqalarni o‗rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni 
olish usullaridir. 


25 
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‗quvchilar ishlarini 
o‗rganish, suhbat va so‗rovnomalar o‗tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari 
jumlasiga kiradi. 
So‗nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, 
matematikani 
o‗qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd 
qilinmoqda. 
Matematika metodikasi ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq bo‗lgan quyidagi uch 
savolga javob beradi: 
1. Nima uchun matematikani o‗rganish kerak? 
2. Matematikadan nimalarni o‗rganish kerak? 
3. Matematikani qanday o‗rganish kerak? 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‗lib Shveytsariyalik 
pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan ―Sonni ko‗rgazmali 
o‗rganish‖ asarida bayon qilingan. Boshlang‗ich ta‘lim haqida ulug‗ mutafakkir 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta‘lim va tarbiya haqidagi 
hur fikrlarida boshlang‗ich ta‘lim asoslarini o‗rganish muammolari haqida o‗z 
davrida ilg‗or g‗oyalarni olg‗a surganlar. 
MO‗M o‗zining tuzilish xususiyatiga ko‗ra shartli ravishda uch bo‗limga
bo‗linadi. 

Yüklə 226,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin