19
Umumiy o'rta ta'lim.
Umumiy o'rta ta'lim quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
Boshlang'ich ta'lim (I-IV sinf)
Umumiy o‘rta ta‘lim (I-IX sinflar)
Boshlang'ich ta'limda umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan
savodxonlik, bilim va ko'nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar
6—7 yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o'rta ta'limda bilimlarni zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko'nikmalari rivojlantiriladi.
Kasbga yo'naltiradi, ta'limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi.
Ixtisoslashtirilgan maktalar ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste'dodga
ko'ra bunday maktablarda ta'lim olishi mumkin.
O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi.
Har bir yigit-qiz umumiy o'rta ta'limga ega bo'lgandan so'ng akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejida o'qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta'lim
muassasalarida o'qish muddati uch yildan kam bo'lmaydi.
Litsey va kollejlar egallangan kasb-hunar bo'yicha ishlash huquqini beradi
va hamda ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos
bo'ladigan maxsus, kasb-hunar ta'lim beradi[12].
2-§. MATEMATIKA O'QITISH METODIKALARI VA ULARNI O’QUV
JARAYONIGA TATBIQ ETILISHI
2.1. Hozirgi kunda matematika o'qitishning umumiy metodikasi
Matematika so'zi qadimgi grekcha - mathema so'zidan olingan bo'lib, uning
ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Matematika fanining o'rganadigan narsasi
(ob'ekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlardan iborat. Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda
ikkiga ajraladi.
1) elementar matematika, 2) oliy matematika.
20
Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo'lgan fan bo'lib, u
oliy matematikaning turli tarmoqlaridan, ya'ni nazariy arifmetikadan, sonlar
nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy
kursidan olingan elementar ma'lumotlar asosiga qurilgandir.
Oliy matematika fani esa real olamning fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlarni to'la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik
qonuniyatlarni topish bilan shu qo'llanadi.
Elementar matematika fani maktab matematika kursining asosini tashkil
qiladi. Maktab matematika kursininng maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar sistemasi ma'lum usulda
(metodika) orqali o'quvchilarga etkaziladi. (Metodika so'zi grekcha so'z bo'lib,
«yo'l» degan ma'noni beradi). Matematika metodikasi pedagogika va didaktika
fanining asosiy bo'limlaridan biri bo'lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta'lim
maqsadlariga mos keluvchi matematikani o'qitish, o'rganish qonuniyatlarini
o'rganadigan mustaqil fandir. Matematika metodikasi ta'lim jarayoni bilan bog'liq
bo'lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o'rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o'rganish kerak?
3. Matematikani qanday o'rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo'lib shveytsariyalik
pedagog - matematik G.Pestalotsining 1803 yilda yozgan «Sonni ko'rgazmali
o'rganish» asarida bayon qilingan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab
matematika o'qitish metodikasiga doir masalalar bilan rus olimlaridan akademik
S.E.Gurev (I760-I8I3), XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa
N.I.Lobachevskiy (I792-I856), I.N.Ulyanov (I83I-I886). L.N.Tolstoy (I828-I9IO)
va atoqli metodist-matematik S.I.Shoxor-Trotskiy (I853-I923), A.N.Ostrogradskiy
va boshqalar shug'ullandilar va ular matematika faniga ilmiy nuqtai-nazardan
qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan, A.N.Ostrogradskiy
«Ong kuzatishdan keyin paydo bo'ladi, ong real, mavjud olamga asoslangan» deb
21
yozgan edi. Geometriya metodikasidan materiallar (Materiali po metodike
geometrii, 1884 yil, 8-bet.).
Keyinchalik matematika o'qitish metodikasining turli yo'nalishlari bilan
N.A.Izvolskiy,
V.M.Bradis,
S.E.Lyapin,
I.K.Andronov,
N.A.Glagoleva,
I.Ya.Dempman, A.N.Barsukov, S.I.Novoselov, A.Ya.Xinchin, N.F.Chetveruxin,
A.N.Kolmogorov, A.I.Markushevich, A.I.Fetisov va boshqalar shug'ullandilar.
1970 yildan boshlab maktab matematika kursining mazmuni yangi dastur
asosida o'zgartirildi, natijada uni o'qitish metodikasi ham ishlab chiqildi. Hozirgi
dastur asosida o'qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan
professorlardan
V.M.Kolyagin,
J.Ikromov,
R.S.Cherkasov,
P.M.Erdniev,
N./aybullaev, T.To'laganov, A.Abduqodirov va boshqa metodist olimlar
shug'ullanmoqdalar. Matematika o'qitish metodikasi pedagogika institutlarining
III-IV kurslarida o'tiladi. U o'zining tuzilishi xususiyatiga ko'ra shartli ravishda
uchga bo'linadi:
1. Matematika o'qitishning umumiy metodikasi. Bu bo'limda matematika
fanining maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik
sistemasi, pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik printsiplar asosida
ochib beriladi.
2. Matematika o'qitishning maxsus metodikasi. Bu bo'limda matematika
o'qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarining aniq mavzu materiallariga
tadbiq qilish yo'llari ko'rsatiladi.
3. Matematika o'qitishning aniq metodikasi. Bu bo'lim ikki qismdan iborat:
1). Umumiy metodikaning xususiy masalalari;
2). Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Masalan, VI sinfda matematika darslarini rejalashtirish va uni o'tkazish
metodikasi deyilsa, bu umumiy metodikaning xususiy masalasi bo'lib hisoblanadi.
O'rta maktablarda matematika o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
22
3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi
vazifalarni qo'yadi:
a) O'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini
berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to'g'risida o'quvchilarga etarli darajada
ma'lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga
tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, ya'ni
isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.
b) O'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida xatosiz so'zlash, o'z
fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga
yordam berishi kerak. Bu degan so'z o'quvchilarning har bir matematik qoidani o'z
ona tillarida to'g'ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning
matematik ifodasini formulalar yordamida to'g'ri yoza olish qobiliyatlarini
atroflicha shakllantirish demakdir;
v) O'quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o'rgatish. Bu erda o'quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan
tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular
orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar
berish ko'zda tutiladi.
Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagilarni qo'yadi:
a) O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g'oya bilish
nazariyasi asosida amalga oshiriladi.
b) O'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
Bizga ma'lumki, matematika darslarida o'quvchilar o'qishning dastlabki
kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo
kuzatishlar natijasida, so'ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa
23
chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan
tasdiqlanadi.
Matematika o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash
qobiliyatlarini
shakllantirish
bilan
birga
ularda
matematikaning
qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
v)
O'quvchilarda
matematik
tafakkurni
va matematik madaniyatni
shakllantirish. Matematika darslarida o'rganiladigan har bir matematik xulosa
qat'iylikni talab qiladi, bu esa o'z navbatida juda ko'p matematik tushuncha va
qonuniyatlar bilan ifodalanadi. O'quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-
bosqich o'rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi,
matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. O'quvchilarni biror
matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bo'lgan fikrlarni simvolik tilda to'g'ri
ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni
o'z ona tillarida ifoda qila olishlariga o'rgatish orqali ularda matematik madaniyat
shakllantiriladi.
3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni
qo'yadi:
a) Matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni echishga tadbiq qila olishga o'rgatish. Bunda
asosan o'quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog'lay olish imkoniyatlarini
tarkib toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish
malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy
masalalarni hal qilishga o'rgatiladi.
b) Matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan
foydalanish
malakalarini
shakllantirish.
Bunda
o'quvchilarning matematika
darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi.
v) O'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga
o'rgatish. Bunda asosan o'quvchilarni o'quv darsliklaridan va ilmiy-ommaviy
24
matematik kitoblardan mustaqil o'qib o'rganish malakalarini shakllantirishdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |