NIZOMIY NOMIDAGI TOSKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
204-guruh talabasi
PATTEYEVA AYAJAN SAULEBEK QIZI
UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI
Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
REJA:
“Individ” va “shaxs” tushunchasi.
Shaxs rivojlanishining ijtimoilashuv bilan aloqadorligi.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni.
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma-xiddir. Masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shaxsning genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼl-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiy-tarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.
Individuallik (loticha "individuum" — "boʻlinmas") — muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan mazmun va shaklga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. I. oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikrmulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.
Hozirgi individuallik tushunchasi ilm-fanda turli maʼnolarda ishlatiladi. Masalan, biologiyada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo boʻlgan xususiyatlarning oʻziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fkrilashi, sezgisi, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, kayfiyati, hissiyoti, ahvoli, xatti-harakati, odati, mayli, qobiliyati va boshqa sifatlarini, shuningdek, mijozi va tabiatining oʻziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda individuallik olomonga, guruhga zid tushuncha sifatida oʻrganiladi. Adabiyotshunoslikda individuallik badiiy obrazning oʻziga xos xususiyatlari asarda qay darajada hayotiy, haqqoniy aks ettirilganini koʻrsatadigan mezon boʻlib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramonining oʻziga xosligi uning milliyligi va qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligini ham belgilaydi. Yozuvchining oʻziga xos tili va uslubiga xos belgilar ham individuallikni tashkil etadi[1].
Yuqorida taʼkidlanganidek, individuallik ayni bir ijodkorga, balki insonga xos shaxsiyat hisoblanadi. Maʼlum bir obyektiv fikrga oʻz subyektiv bahosini koʻrsatish. Bu koʻpincha badiiy uslubda ishlatilganda poetik individuallik yuzaga chiqadi. Yani, ijodkor oʻziga xos lugʻaviy birliklarni kiritishi, ulardan foydalanishi, his- kechinmalarini ular orqali jozibali talqin qilishidir.
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadiganan g’oyaviy-emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi.
Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq Ittifoq davrida ijtimoiy pedagogika yutuqtari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq bo’lish holatlari bilan izohlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yubordi. SHuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo’nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida fakdt ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o’qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamlar ongidagi ijtimoiy kasallikning oldini olish va uning ma’naviy-axloqiy og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Pedagogika fanidan ma’lumki, tarbiya — bu ijtimoiy hodisadir. Demak, individning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko’nikma va malakalarsha bog’liq. Afsuski, pedagogika olamida yosh avlodning ijtimoiy hayotidagi hodisa va jarayonlarshshg tarbiyaviy ta’siri masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy o’rganishga qaratilgan maxsus yo’nalish nazardan chetda qolib keldi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo’nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning pedagogika o’quv yurtlarida maxsus kurs sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o’rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o’rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi
tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o’rganish davri yetib keldi. Demak, pedagogika fanining yana bir yo’nalishi — IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo’lgan ehtiyojni davrning o’zi ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularning ma’nosini o’zida jamlaydi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Yangi bilimlarning o’sishi ilmiy fikrlarning real hayotga tatbiq etilishi, yangi bilimlarning yuzaga kelishi, jamiyatning ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi, fanning differentsatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Chunonchi, asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazaridan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafasi hamda psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda... Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika ham shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o’rganish va yanada takomillashtirish davr taqozosidir. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya yurtimiz
mustaqillikka erishgach, o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Bu yo’l jamiyatimizning kelajagini o’z qo’llariga oluvchi — yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilandi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi. Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to’g’risidagi fan bo’lib,
ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va o’sha ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi, «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqoti» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bo’lagi bo’lib, u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi.
Shunday qilib, pedagogika o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan hisoblanadi, ijtimoiy pedagogika esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolani jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Insonni atrofdagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o’zlashtirishi, o’z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashuvi murakkab va davomli hodisadir.
Har qanday jamiyatning rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy qadr-qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, normalarni ishlab chiqadi. Jamiyatning har bir a’zosi mazkur qonun-qoidalarni egallab, uning teng huquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatadi. Bu ta’lim-tarbiya orqali amalga oshadi.
Jamiyatda o’zaro munosabatda bo’lgan, o’zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlar orkdli bola ijtimoiy normalarni egallaydi. Bulardan ba’zilari bolaning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga avvalo oila, ta’lim, madaniyat va din, turli-tuman klublar, birlashmalar, shuningdek, video-kino-prokat, kompьyuter-internet tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy tarbiyalash tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim?
Ijtimoiy pedagogika — fanning shunday tarkibiki, uning vositasida:
Birinchidan, inson hayotida ma’lum sabablar asosida yuzaga kelgan hodisalar o’rganiladi.
Ikkinchidan, insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi.
Uchinchidan, ta’sir etuvchi hodisalarning oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini xarakterlaydigan vazifani amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi: ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va ularni amalda qo’llash, muammoni oldindan ko’rish va yechishga, sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanistik munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika sohasi pedagog faoliyati bilan bog’likdir. SHuning uchun ijtimoiy pedagoglar — pedagogika universitetlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog va pedagoglik sohasida asosiy bog’liqliklaridan biri, har ikki sohaning ob’ekti — bolalar ekanligidadir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiylashtirishga muhtoj bo’lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik- psixologik, sotsial-axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo’l qo’yilgan bolalardir. Bunday bolalar jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog faqat o’qituvchi emas, balki bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o’zinikidagidek tushunishi va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga ko’mak bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o’z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqgda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogika o’z nomiga ko’ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug’ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson —inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg’armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shundaki, pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo’qotganlar masalalarini o’rganadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga, fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga e’tibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg’iz yashovchilar,
iqgisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa o’quv muassasalarida amalga oshadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o’rganish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko’rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o’ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.
1) Bola (o’smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o’rgatib, o’zaro tushunish hissini uyg’otish;
2) Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo’yish, odamlar bilan muloqot qilishni o’rganish va hayotda o’z maqsad va mazmunini aniqlash yo’llarini ko’rsatish;
3) Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;
4) O’z sha’ni, mustaqilligi va o’ziga ishonch kabi tuyg’ularni rivojlantirish;
Bola (o’smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot o’rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o’rinda ijtimoiy pedagogdan o’z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. SHuningdek, bolaga uni o’rab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy huquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni o’rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu kabi amaliy vazifalarni qisqacha tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: yaxshilik qilishga o’rgatish, o’z hayotini qurishda ko’maklashish, bilimga qiziqishini orttirish, o’z individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatini takomillashtirish.
Ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o’zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o’z hayotiga mas’ul bo’lish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo’llab-quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati — xavf ostida qolgan odamga madad qo’lini cho’zish, oila va bolaga o’z hayot yo’lini topishda ko’maklashish, o’z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o’rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy pedagogika — bu ijtimoiy ta’lim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bo’limidir.
Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini o’rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko’rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to’xtalamiz.
Bola (o’smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o’zini tutishi kabilarni o’rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko’maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo’llarini topish, qiyin vaziyatda qo’llab-quvvatlash bolani o’rab turgan va unga ta’sir o’tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish.
Bola (o’smir) faoliyatini (o’zini) tarbiyalash, bilim olish, o’z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo’naltirish bola (o’smir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug’ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo'ladi.
Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim.
Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi:
1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan davr.
2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha.
5. O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar) - 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o'sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his-tuyg'ulari mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi. Intizomi bo'shashadi.
Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.
2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.
Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi. Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o'rtasida munozaralar o'tkazish yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo’lshi zarur. Ularda o'quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shaxs
https://uz.wikipedia.org/wiki/Individuallik#
http://www.genderi.org/1-mavzu-ijtimoiy-pedagogika-fanning-nazariy-asoslari-ijtimoiy.html?page=85
Dostları ilə paylaş: |