Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə11/22
tarix24.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#161134
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

16.4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya

Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog‘lom, balki ma’naviy pok, axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni professor Malla Ochilov tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Uning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo‘lish, rostgo‘ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilat- lar to‘g‘risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. O‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o‘tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug‘ mutafakkirlarning fikrlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ularning hayot yo‘li, axloq haqidagi fikrlari har bir o‘quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o‘quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi.


Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib bora- yotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy normalarni buzilish holatlari kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
Axloqning vujudga kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi to‘g‘risidagi muammolarni etika fani o‘rganadi.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi.
Axloq tarixiy, o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo‘ladi.
Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo‘lib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo‘lgan qoida hisoblanadi.
Axloqiy odat - axloqiy xatti-harakatlarning mukammallashtirishga bo‘lgan ehtiyoj bo‘lib, u o‘quvchilarda qulay vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xatti- harakatlarning izchil, doimiy, tizimli takrorlanishi hisobiga hosil bo‘ladi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishi.
Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko‘ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo‘linadi.
  1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo‘rqib bajaradi).


  2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi).



153

  1. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo‘lgan, o‘z ixtiyori bo‘yicha amal qiladi).

Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy his- tuyg‘u, axloqiy xulqni shakllantirish bilan bog‘liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir.


Axloqiy tarbiya o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni.
Axloqiy tarbiyani maqsadi o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyani vazifalari:
  1. O‘quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilan tanishtirish.


  2. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.


  3. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ularini tarbiyalash va rivojlantirish.


  4. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko‘rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h.o.)larni tarbiyalash.


  5. O‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko‘nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish.


Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:


Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi.
Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat
qilish.
O‘z mas’uliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o‘z o‘ziga talabchan bo‘lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo‘lish.
O‘z xatti-harakati uchun javob berish, o‘z xatolarini tan olish va tuzatish.
Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo‘lish.
Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda sabrli bo‘la olish.
Yuqoridagilar O‘zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo‘la oladigan axloqiy normalardir.
Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar,

154
uchrashuvlar ham o‘quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o‘rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o‘ziga hamda atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi.


Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko‘ngillilik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, baynalmilallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik, haqiqatgo‘ylik, o‘zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko‘rastish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko‘rsatish, intizomlilik v.b.
Maktabda, oilada axloqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy axloqsizlik, odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko‘ngli qoralik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg‘onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko‘rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini olinishiga erishiladi.
Axloqiy tarbiya umuminsoniy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Axloqiy tarbiya o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni.
Ushbu tarbiya asosini ijtimoiy axloqiy me’yorlar hamda shaxsni ulardan xabardor etish tashkil qiladi. Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo‘lib, unda yashovchi kishilar tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo‘lgan qoida hisoblanadi
Axloq axloqiy tarbiyaning asosiy kategoriyasi sanaladi. Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor) ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi
Qur’oni karim va Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al- Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi - kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Amir Temur - yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli hukmdor sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham

155


shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab, bir kesgan.

Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir», degan edi.


Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo‘g‘in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilik- ka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yax- shiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg‘on kitobdir.
Axloq kishining xulq-atvori, e’tiqod-imoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo‘ladi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, intizomli bo‘ladi. Suhbatdoshning ko‘ngliga qarab gapiradi, kishi dilini og‘ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
  1. Mehnat tarbiyasi


Mamlakatimizda mehnat tarbiyasining mazmuni va bolalarni mehnatga tayyorlash muammolari Rahima Mavlonova, Mamat Haydarovlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Rahima Mavlonovaning fikricha, bolalarni mehnatga tayyorlash - bu mehnatga nisbatan ularning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat - bu har bir insonni vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan sharaflanishini, faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi fazilatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligi anglashlariga yordam berishdir.


Oilada, maktabda, jamiyatda mehnat tarbiyasi — bu mehnat ko‘nikmalarini va axloqiy sifatlarni shakllantirish, tanlagan mutaxassislik bo‘yicha ishlashni bilish, mehnatni va o‘zgalar mehnati natijasini hurmat qilish, mehnat qilishga ehtiyojni tushunadigan, his eta oladigan insonni shakllantirish tizimidir. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik j arayon.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
  1. o‘quv mehnati;


  2. ijtimoiy-foydali mehnat;


  3. o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish;


  4. ishlab chiqarish mehnati.



156
O‘quv mehnati - o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati.


Ijtimoiy-foydali mehnat - o‘quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan mehnat faoliyatining alohida turi sanaladi. O‘quvchilar ijtimoiy-foydali mehnatini tashkil etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar, mehnat bayrami, ko‘kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, fermer hamda jamoa xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishda dehqonlarga ko‘maklashish kabi shakllardan samarali foydalanish mumkin. O‘z- o‘ziga xizmat - o‘quvchilar tomonidan oilada, ta’lim muassasasida, omma uchun xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarda o‘z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida tashkil etiladigan mehnat faoliyatidir. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning eng oddiy ko‘rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda, o‘quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yo‘lida muayyan harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. O‘quvchilarning ishlab chiqarish mehnati ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha kasb yoki hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga yo‘naltirish hisoblanadi. Kasbga yo‘naltirish — bu o‘quvchiga mehnat bozoriga va imkoniyat va ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni hisoblanadi. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat hamda o‘quvchilar ishlab chiqarish mehnatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra o‘quvchilar muayyan kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar.
Kasbga yo‘naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
  • kasbiy ta’lim —o‘quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash muammolari bilan tanishtirish;


  • kasbiy tashxis—o‘quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun o‘rganish. Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo‘lishi mumkin;


  • kasbiy maslahat — kasb tanlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berish;


  • kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash;


  • kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablariga yoshlarni moslashish jarayoni.


O‘quvchilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirish suhbat, ekskursiya, uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi. O‘quvchilarni kasblarga bo‘lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda to‘garaklarni, klublar faoliyatini, bolalar markazlarini o‘rni beqiyosdir.


O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat. Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to‘g‘risidagi bilimlari, o‘zining

157
individual xususiyatlarini bilishi, tanlagan mutaxassislik bo‘yicha o‘quv va amaliy ishlar, umumiy mehnat ko‘nikmalari ko‘lami.


  1. O‘quvchilarni estetik tarbiyasi


Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.


Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik jihatdan tarbiyalash o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Estetik tarbiya - shaxsni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarni ideal nuqtayi nazardan idrok etishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya - o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishni hamda estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya mohiyati asosan quyidagilardan iborat:
  • tabiat va voqelikdagi go‘zalliklarni idrok etish va zavqlanish;


  • san’at asarlarini to‘g‘ri tushuna bilish va baholash;


  • o‘zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;


  • hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go‘zallik uchun kurashish;


  • xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo‘lish.


Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go‘zalliklarni tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi qobiliyatlarni rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg‘uni shakllantirish jarayonidir. estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:


  • o‘quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklari, ularni anglash to‘g‘risidagi bilimlarni berish;


  • o‘quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish;


  • o‘quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;


  • o‘quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash;


  • o‘quvchilarda mavjud go‘zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni shakllantirish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish;


  • o‘quvchilarda go‘zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.


Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat:


  • estetik qarash - estetik ongning g‘oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimi;


  • estetik idrok - ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go‘zalligini ongda yaxlit aks etishi bo‘lib, u go‘zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo‘naltiriladi;



158

  • estetik ong - shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg‘ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli;

  • estetik ong - estetik his-tuyg‘u, estetik idrok, estetik bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, estetik ideal kabilardan tarkib topadi.


Estetik faoliyat ko‘nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko‘nikmalarga aytiladi.


Estetik madaniyat - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim, amalga oshiriladigan estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko‘rsatkich.
O‘quvchilarni estetik madaniyatliligini quyidagi mezonlarga ko‘ra aniqlash mumkin:
  • estetik bilimlarning tarkib topganligi;


  • estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;


  • estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish;


  • estetik tuyg‘uning rivojlanganligi;


  • ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etish;


  • go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;


  • estetik idealning shakllanganligi;


  • fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish.


Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini tabiat, mehnat, madaniy-maishiy turmush shart-sharoitlari, insoniy munosabatlar va madaniyat (shu jumladan, san’at) tashkil etadi. Estetik tarbiya umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonida, ya’ni adabiyot, rasm, musiqa darslarida amalga oshiriladi.


Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali ham estetik tarbiya ishlari olib borildi. Bularga konkurslar, konsertlar, festivallar tashkil etish, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatga, tarixiy va badiiy yodgorliklarga sayohatlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari mehnat, o‘yin, tabiat, san’at, muloqot kabilar hisoblanadi. Estetik tarbiya asosan tushuntirish, suhbat, ma’ruza, namuna, mashq, rag‘batlantirish metodlari orqali amalga oshiriladi.
  1. Yoshlarni jismoniy tarbiyasi


Jismoniy tarbiya —bu sog‘lom turmush tarzini va gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, sog‘lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy madaniyat—jamiyat qadriyati bo‘lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va ruh to‘g‘risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo‘yicha faoliyat tizimi, ma’naviy va jismoniy rivojlanish kuchlari to‘g‘risidagi tasavvurlar yig‘indisidir. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino birinchilardan bo‘lib, jismoniy tarbiyani bir butun tizimini (jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, kun tartibi) yaratgan edi. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning me’yoriy, jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi,


159
yoshlarni mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yosh avlodni jismonan sog‘lom bo‘lishini ta’minlovchi uch bosqichli tizim ishlab chiqildi. Ya’ni:


  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida «Umid nihollari» sport musobaqasi tashkil etiladi.


  2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida «Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi.


  3. Oliy o‘quv yurtlarining talabalari o‘rtasida «Universiada» sport musobaqasi tashkil etiladi.


Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayon sanaladi.


Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarning o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish, uning ishchanlik qobiliyatini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularini tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko‘nikma, malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda, xarakterni qaror toptirish kabi) jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash maqsadi ko‘zlanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
  • o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish;


  • o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;


  • o‘quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash;


  • o‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o‘rgatish;


  • o‘quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik, qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish;


  • o‘quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, mas’uliyatlik, jamoa bilan bo‘lish kabilar)ni tarbiyalash;


  • o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirish;


  • o‘quvchining jismonan sog‘lom bo‘lishini ta’minlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o‘z sog‘ligiga ongli munosabatni tarbiyalash.


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bilan bog‘liqligiga ko‘ra o‘ziga xos xarakter kasb etadi.


O‘quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin:
  1. jismoniy harakat ko‘nikmalariga egalik;


  2. jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi;


  3. jismoniy kamolotning aks etishi;


  4. o‘quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va undan namuna olish yo‘lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi.


160
Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik, sabrlilik, irodalilik, kuchli xarakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan kamolotga yetganligini ifodalaydi.


Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o‘yin, turizm, sport, tabiat shu bilan birga tabiiy kuchlar (quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigiyenik omillar (kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya metodlariga jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musobaqa kiradi. Jismoniy tarbiya metodlari yordamida o‘quvchilarda jismonan to‘g‘ri rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar shakllanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport o‘yinlaridan keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan uzviy bog‘liq. Bolalar va o‘smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini oldini olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta.
Nazorat uchun savollar
  1. Tarbiya mazmuni va unga bo‘lgan yondashuvlarni ochib bering?


  2. Axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini va uni hal etish yo‘llarini izohlang?


  3. Yoshlarni fuqarolik tarbiyasi muammolari va ularda siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni izohlang?


  4. Mehnat tarbiyachi va yoshlarni kasb tanlashga o‘rgatish xususiyatlari?


  5. Jismoniy tarbiya va yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘llari?


  1. Oila tarbiyasi


    1. Oilaviy hayotning shaxs tarbiyasiga ta’siri.


    2. Oilaviy tarbiya maqsadi, mazmuni va metodlari.


  1. Oilaviy hayotning shaxs tarbiyasiga ta’siri


Oila -bu o‘zini himoya qilish, zurriyot qoldirishga ehtiyojni qondirish uchun, har bir a’zoni o‘z-o‘zini tadiqlash, o‘z-o‘zini hurmat qilishini ta’minlaydigan odamlarning ijtimoy-pedagogik guruhiga aytiladi.


Oila muammosini iqtisod, huquq, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlari o‘rganadi. Oila quyidagi vazifalarni bajaradi. a) generativ-tug‘ilishni davom ettiruvchi; b) ijtimoiylashuv - insonni ijtimoiy muhitga moslashuvi; d) iqtisodiy- mablag‘ to‘plash, o‘z mulkiga ega bo‘lish; e) gedonostik-sog‘lom munosabatlarni shakllantirish; f) psixoterapevtik oilani himoyalash vazifalarini bajaradi. Oila - kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat, o‘zaro yordamga asoslanadigan kichik guruhi. Ota-onalar yoki mas’ul shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil
161
etiladigan munosabatlar oilaviy munosabatlar deb ataladi. I.A.Karimov o‘z asarlarida oilaning jamiyatdagi roli xususida «oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtayi nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz» degan fikrlarni ta’kidlab o‘tganlar. Inson oilada dunyoga keladi va oilada kamol topadi. Farzandni tarbiyalash avvalo ota-onaning muhim insoniy burchidir. Ularning vazifasi farzandlarida odob-axloq asoslarini shakllantirishdan iborat. Insondagi eng yaxshi fazilatlarni shakllanishi oiladan boshlanadi. Oiladagi tarbiya har qanday holatda ham avvalo ijtimoiy manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘lmog‘i lozim.
Mamlakatimizda oilaviy tarbiya muammolari Oysha To‘rayeva, Abdurashid Munavvarov, Oynisa Musurmonovalar tomonidan o‘rganilgan. Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina ta’minlab qolmay, balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini ham o‘stiradi deb ta’kidlaydi. Oilaviy tarbiyada asosiy vazifani xalq, odobga doir tadbirlarni bolaga to‘g‘ri o‘rgatish, maslahat berish, ota-onaning kasb-kori, oila a’zolarining ma’naviy-ruhiy munosabatlari o‘ynaydi.
Oilaviy tarbiyada obyektiv va subyektiv omillar muhim rol o‘ynaydi. Obyektiv omillarga oilaning moddiy farovonligi, daomadlarning turlari, o‘ziga xosligi va saviyasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, oila a’zolarining soni, subyektiv omillarga oiladagi o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xosligi, ma’lumoti, oila a’zolarining ma’naviy-madaniy saviyasi, ota-onaning muomala madaniyati kiradi. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, jamiyatning kichik bir uyushmasi bo‘lib, tarbiya ishida o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Shuning uchun oilaviy tarbiyani shakl va metodlarini umumlashtirish va unga biror bir tavsiyalar berish qiyin. Ota-onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori darajadagi ma’lumotga ega bo‘lsalar, shu darajadagi takomillashgan uslub orqali o‘z farzandlarini tarbiyalaydilar. Ular faqat maslahat berish, ma’qullash, taqdirlash, jazolash, suhbat, hikoya, fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar.
17.2.Oilaviy tarbiya maqsadi, mazmuni va metodlari
Oila tarbiyasi ota-onalar yoki mas’ul shaxslar tomonidan tashkil etilib, bolalarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Oilaviy tarbiya deganda, ota-onalarning o‘z hayotlari, turmush tarzlari asosda bola shaxsida, dunyoqarash asoslari, siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam, izchil, g‘oyaviy va ma’naviy ta’sir ko‘rsatish jarayoni tushuniladi. O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlarimizdan Ibn Sino oila tarbiyasi xususida «agar oila tarbiya uslubini to‘g‘ri qo‘llay olsa, oiladagi bolalar o‘z baxtlariga tez erishadilar» degan fikrni ilgari suradi. Oilaviy tarbiya - bu ota-ona qarindoshlar kuchi bilan, aniq oilaviy sharoitlarda amalga oshiriladigan, ko‘p qirrali, murakkab ta’lim-tarbiya tizimi

162
hisoblanadi. Unga irsiyat, bola salomatligi, ota-onalar, moddiy-iqtisodiy ta’minlanganlik, oila a’zolari soni, yashash joyi, bolaga munosabat ta’sir qiladi. Oilaviy tarbiya - bolalarni hurmat qilishga asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan, oiladagi kattalarni kichiklarga ta’sir etish jarayonidir.


Oilaviy tarbiya maqsadi - shaxsda hayot davomida uchraydigan qiyinchiliklarni, qarshiliklarni hal qila oladigan xislatlarni shakllantirish hisoblanadi. Oilaviy tarbiya vazifalariga:
  • bolani rivojlanishi uchun maksimal sharoit yaratish;


  • oilani qurish, uni saqlash tajribasini o‘rgatish;


  • bolalarga foydali bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rgatish;


  • bolada g‘urur, shaxsiy qadr-qimmatni tarbiyalash kabilar kiradi.


Oilaviy tarbiya prinsiplari deganda, oilaviy tarbiyada ota-onalar va


farzandlar amal qilishi kerak bo‘lgan talab va qoidalar yig‘indisini tushunamiz. Oilaviy tarbiya prinsiplariga;
  • bolaga insoniy munosabatda bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish;


  • maqsadga yo‘naltirilganlik;


  • madaniyatlilik va insoniylik;


  • tarbiyani bola hayoti va ehtiyoji bilan bog‘liqligi;


  • bola shaxsi rivojlanishining xususiyatlarini hisobga olish;


  • olani oilaviy hayotdagi ishtirokini ta’minlash;


  • oilaviy munosabatlarda ishonish va ochiqlik;


  • munosabatlarda maqsad bo‘lishini ta’minlash;


  • kattalarni talabchanligi;


  • bolaga yordam berish, savoligajavob qaytarish.


Oilada uyushtiriladigan axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona va oilaning boshqa a’zolari, atrofdagilarga nisbatan mehr- muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, saxovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iborat.


Oilada aqliy tarbiyani tashkil etishda bolaning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olgan holda uni tasavvuri, idroki, xotirasi, diqqati, tafakkurini takomillashtirishga yordam beradigan mashg‘ulotlarga jalb etishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go‘zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg‘u, idrok, tasavvur va qarashlarni yuzaga keltirish, hayotni sevishga o‘rgatish kabi vazifalarni hal etadi.
Ota-ona va oilaning boshqa a’zolari tomonidan bolalarni oila xo‘jaligini yuritishga jalb etish, ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo‘lish, uy-ro‘zg‘or hamda shaxsiy buyumlarni asrash, o‘zgalar mehnatining mahsuli bo‘lgan ne’matlarni asrab-avaylashga, yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o‘rgatish, oila mulkiga nisbatan mas’uliyatli yondashishga ko‘niktirib borish bolalar tomonidan iqtisodiy tushunchalarni yoshlikdanoq o‘rganilishi uchun sharoit yaratadi.

163
Oilada ekologik tarbiyani tashkil etishda bolalarni tabiatni sevishga, nihollarni parvarishlashga, suvni ifloslantirmaslikka, hovli va ko‘chalarga axlat tashlamaslikka, uni maxsus qutiga tashlashga, gulzorlarni payhon qilmaslikka o‘rgatish, odatlantirish orqali ularda ekologik ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.


Yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim muassasalari tomonidan oilalarga, eng avvalo, metodik yordam ko‘rsatiladi. Bu yordam maslahat, suhbat yoki amaliy ishlar shakllari (masalan, psixologik treninglarni tashkil etish ko‘rinishi)da bo‘lishi mumkin.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) - oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa sanaladi.
Oilaning moddiy, ma’naviy, milliy, psixologik, pedagogik imkoniyatlari oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini ifodalaydi. Oiladagi moddiy qadriyatlarga hurmatsizlik, ota-onalarning axloqsizligi, oiladagi avtoritarizm, liberalizm, psixologik muhitning yomonligi oilaviy tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy omillar hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar
  1. Bola tarbiyasida oilaning roli qanday? Oilaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?


  2. Oilaviy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.


  3. Pedagogik jamoaning oilaviy tarbiya bo‘yicha asosiy faoliyat yo‘nalishlarini tavsiflang.


  4. O‘zbekistonda oila va bolalikni himoyalashning ta’minlanishini qonuniy darajasi?



164

  1. bob. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI


18. Boshqaruv nazariyasining umumiy asoslari


  1. Boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalari va prinsiplari.


  2. Pedagogik tizimini boshqarishning asosiy prinsiplari, metod va shakllari.


  1. Boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalari va prinsiplari


Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.


Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.
XX asrning oxirgi o‘n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va kasbiy sifatlarini, umumiy va maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim sohasida inson faoliyati turli yo‘nalishlarda rivojlanishini talab etdi. Ta’lim paradigmasi o‘zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni jumladan ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor munosabatlarini qo‘llanilishi maktabni boshqarish nazariyasining rivojla­nishini asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar «boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo‘q deb hisoblasalarda, menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Menejment - bu faoliyat turi, boshqaruv apparati, boshqaruv san’ati, o‘quv predmeti ma’nolarida qo‘llanilmoqda. Menejment o‘quv predmeti sifatida 1881-yilda amerika kollejlarida Djozef Varton tomonidan o‘qitila boshlangan. Bugungi kunda olimlar menejment ijtimoiy tashkilotlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini ifodalashini ta’kidlamoqdalar. Dunyoda tan olingan amerikacha, fransuzcha va yaponcha menejment maktablari mavjud.
Amerikacha boshqaruvda — tashabbuskorlik, yuqori kasbiy tayyorgarlik, tashkilotchilik, ishchanlik;
Yaponcha boshqaruvda — har bir xodimga g‘amxo‘rlik, ishlab chiqarishning ijtimoiy xavfsizligi, shakllanish istagi, ichki go‘zallik;
Fransuzcha boshqaruvda—boshqaruv tizimini shakllantirish uchun insoniy madaniyat, yuqori darajadagi aloqadorlik madaniyati, milliy, tarixiy, madaniy an’ana elementlaridan foydalanish.
Menejmentning asosiy prinsiplarini quyidagilar tashkil etadi:

165

  • maqsadga yo‘naltirilganlik va uzluksizligi;

  • ilmiylikni san’at elementlari bilan uyg‘unligi;


  • markazdan boshqaruvni o‘z-o‘zini boshqarish bilan uyg‘unligi;


  • xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish;


  • huquq va mas’uliyat birligini ta’minlash;


  • doimiylik va ketma-ketlik;


  • harakatlarni nazorat qilish va boshqarish;


  • shaxslararo munosabatlarni qonuniyat sifatida hisobga olish.


Pedagogik menejment — bu: birinchidan; pedagogik tizim sifatini rivoj­lantirishga yo‘naltirilgan boshqaruv prinsiplari, metodlari, shakllari va texnologik usullari yig‘indisini, ikkinchidan, pedagogik jamoa va o‘quvchilar faoliyatini ilmiy boshqarishni ifodalaydi.


Pedagogik menejment xususiyatlari ta’lim menejeri mehnatining natijasida, mehnat qurolida, mahsulotida, mehnat predmetida ifodalanadi.
Ta’lim jarayoni menejeri mehnati predmeti u boshqarayotgan odamlar faoliyatidir.
Mehnat xomashyosi bu - o‘quv tarbiyaviy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat quroli - so‘z, nutq.
Ta’lim jarayoni menejeri mehnati natijasi menejment obyekti, ya’ni o‘quv- chilarni ta’lim olganlik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik darajasidir. Pedagogik menejment pedagogik tizimni rivojlanishining samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.
  1. Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplari, metodlari va


shakllari


Pedagogk tizimni boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir. Pedagogik tizimni boshqarishda davlat-jamoatchilik boshqaruviga erishish ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalarga ta’lim dasturlarini, ularning turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirish ahamiyatlidir.
Pedagogik tizimni boshqarishda quyidagi prinsiplarga asoslaniladi. Boshqaruv prinsiplari - bu boshqaruvda amal qilinadigan asosiy talab va qoidalardir. Prinsiplar boshqaruv qonuniyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
  • boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish;


  • boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi;


  • boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi;


  • boshqaruvda yakka boshqaruv va jamoatchilik uyg‘unligi;


  • boshqaruvni ilmiy asoslanganligi;


  • boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi.


Quyida ushbu prinsiplar mohiyatini ko‘rib chiqamiz.


166
Boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish prinsipi. Pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish kadrlarni tanlov, shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama etish, axborotlarning barcha uchun ochiq, tushunarli bo‘lishiga erishish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildirishlariga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq, manfaatlarini himoya qilish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘z iste’dodlari, kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish esa pedagogik tizimni boshqarishning insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligini bildiradi.
Boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi prinsipi. Rahbar ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida ko‘ra oladi, uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisi uning yagonaligi hamda bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligi; ikkinchi belgisi tizim ichki tuzilishining mavjudligi; uchinchi belgisi tizimning integratsiyalanishi sanaladi (yagona tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lishi bilan birga o‘zaro harakat orqali qaytadan integratsiyalanishi bilan yangi sifat hosil bo‘ladi); to‘rtinchi belgisi esa ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘ liqligidir (ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ta’lim jarayonini qayta quradi va belgilangan maqsadlarga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi). Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi prinsipi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab-istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat, vaqt sarflashlariga olib keladi. Shuningdek, birga boshqarishni markazlashtirilmaslik ham pedagogik tizim faoliyatini susaytiradi. Shu bois boshqarishni markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlikka erishish zarur. Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy hamda jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratib, kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Boshqaruvda yakka boshqaruv va jamoatchlik uyg‘unligi prinsipi.
Tamoyilning afzalligi ta’lim muassasasini boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslik bilan belgilanadi. Boshqarish faoliyatida o‘quvchilarning tajribalari, bilimlariga tayangan holda turli qarashlarni taqqoslash, oqilona xulosalar chiqarish muhim sanaladi. Vazifalarni jamoa yordamida hal qilish har bir a’zoning javobgarligini yo‘qqa chiqarmaydi. Shu bilan birga boshqaruvda yakkahokimlikning namoyon bo‘lishi ham ma’lum afzalliklarga ega. Ya’ni
167
yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta’minlaydi. Shu sababli qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul sanalsa, qarorning ijrosini ta’minlashda yakkahokimlikka bo‘ysunish zarurdir. Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri bu tamoyilni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi.
Boshqaruvning ilmiy asoslanganligi prinsipi. Ushbu prinsip boshqaruv tizimini boshqaruv fanining so‘nggi yutuqlari asosida tashkil etishni ifodalaydi. Rahbar pedagogik tizim va jamiyat rivojlanishining obyektik tendensiyalarini, qonuniyatlarini tushunishi va hisobga olishi zarur. Boshqaruvni ilmiy asoslanganligi prinsipiga amal qilish pedagogik tizimni boshqarish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liqligiga va ishonchliligiga bog‘liq.
Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi.
Ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq bo‘lib, to‘liq yig‘ilsa-da, biroq ular haddan ziyod ko‘p bo‘lsa ham qaror qabul qilishda yanglishishga olib keladi. Ko‘p holatlarda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Biroq ularning qiziqishlari, xulq-atvorlari, shaxs sifatida shakllanayotganliklarga e’tibor berilmaydi. Xuddi shu sababli, tarbiya jarayonida o‘quvchilar xulqida ko‘plab og‘ishlar kuzatiladi.
Pedagogik tizimni boshqarish aniq metodlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv metodlari - bu ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidir. Ular quyidagicha tavsiflanadi:
Boshqaruv obyektiga ko‘ra (Respublika miqyosida, hudud miqyosida);
Boshqaruv subyektiga ko‘ra (administrativ, xo‘jalik);
Maqsadiga ko‘ra (strategik, taktik, operativ);
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra (ijtmoiy-siyosiy, tashkiliy-pedagogik);
Boshqaruv stiliga ko‘ra(avtoritar, demokratik, liberal);
Boshqaruv vaqtiga ko‘ra (istiqbolli, uzoq manzilli, joriy).
Boshqaruv shakllari turli tuzilish va yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Bularga: instruktiv-uslubiy va nazariy seminarlar, o‘quvchilar jamoasi majlisi, pedagogik kengashlar, maktab konferensiyalari, pedagogik o‘qishlar v.b.
Nazorat uchun savollar
  1. Pedagogik tizimni boshqarish deganda nimani tushunasiz?


  2. Pedagogik tizimni boshqarish prinsiplarini tavsiflang.


  3. Pedagogik tizimni boshqarish metodlari mohiyatini tushuntiring.


  4. O‘qituvchi boshqaruvning subyekti va obyekti bo‘lishi mumkinmi?



168



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin