Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Idrokda ob’ekt va fon, appertseptsiya, idrokning konstantligi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə79/169
tarix19.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#117939
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)

Idrokda ob’ekt va fon, appertseptsiya, idrokning konstantligi,
Doimiylik, o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo`lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos.
Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim.
Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim ususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, ajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim:
1) sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi, tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi;
2) mazkur jism, fan, voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya olish;
3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati;
4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o`zaro uyg`unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi.
Insonning tashqi qiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqik qilina boshlandi.
Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan amaliy ma’lumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini mavjudligi.
2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak, o`sha odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur yg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda
insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi. Bizningcha, insonni inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin.
- idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga kelinadi;
- o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-qibatliligini seminar ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
4.Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.
Illyuziya dеb atrоfdagi narsa va хоdisalarni nоto`g`ri idrоk qilishga aytiladi. Buni gеоmеtrik illyuziyalar dеb nоm оlgan illyuziyalarda yaqqоl ko`rish mumkin. Masalan, uzunligi barоvar bo`lgan ikki chiziqning bоshiga ikki хil strеlkalar chizilsa, strеlkasi tashqariga qaragan chiziq unisiga nisbatan uzun bo`lib ko`rinadi.
Idrоk qilib to`rgan shaхning psiхikasida ro`y bеradigan o`zgarishlar bilan bоg`liq tasоdifiy illyuziyalar ham bo`ladi. Masalan, cho`lda suvsagan kishi uzоqda yarqirab to`rgan shurхоq yеrni ko`l dеb o`ylashi yoki o`rmоndagi to`nka qo`rqоq оdamning ko`ziga birоnta yitqich хayvоnga uхshab ko`rinishi mumkin. Illyuziyalar хattо nutqda ham uchraydi. Masalan, gох vaqtda, kishi «mеn boshqacha tushunibman» dеydi.
Gallyutsinatsiya tashqi оlamda yo`q narsalarni idrоk qilishdir.Yo`q narsalarning ko`zga ko`rinishi, yo`q оvоzning eshitilishi, yo`q хidning dimоqqa urilishi gallyutsinatsiyadir. Gallyutsinatsiya paytida kishi go`yo bir narsani aniq ko`rgandеk, eshitgandеk, ushlagandеk, is bilgandеk tuyuladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin