Umumiy psixologiya fanining uslubiy majmua


Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) – his-tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha; Xarakter



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə25/30
tarix24.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#160359
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
3kurs sirti majmua

Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) – his-tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik
xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va
hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.
Xarakter aksentuatsiyasi (yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus
– urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi
(psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).
Ekstraversiya (lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning
tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi. Labillik (lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati.
Melanxolik (yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament
turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Rigidlik (lot. regidus - qattiq ustahkam) - sub'ektiv tomonidan
dasturlashtirilgan faoliyatda qayta qurishning talab qilinishi natijasida ro’y
beradigan qiyinchiliklar.
Sangvinik (yunon. Sanguis qon) - temperament turlaridan. By tur chaqqon,
harakatchan, taassurotlari tez-tez o’zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan dilkashlik va mexribonlik qilish xislatlari bilan tavsiflanadi.
Temperament (lot. temperamentum - qismlarning bir-biriga munosabati) -
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui. By kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Flegmatik (yunon. flegma balg’am, shilimshiq modda) - temperament
turlaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emosional holatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.
Xolerik (yunon. chole - safro, sarik o’t) - temperament turi, u hissiyotning
jo’shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o’zgarib qolishi, hissiyotning
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin