Umumiy psixologiya



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə46/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya-oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Maqsad-inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv- harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Individ - biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi).
Endopsixika - shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.
Ekzopsixika - shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, hukmron hissiyotlari, egallagan bilimlari, tajribalari.
E’tiqodlar- shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.
Muloqot-odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
Kommunikatsiya-o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Muloqot-hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni
Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
Nutq faoliyati-odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nizo-muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin