Umumiy psixologiya



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə60/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

Adabiyotlar:
1.Ivanov I., Zufarova M.Umumiy psixologiya”. O`z.FMJ.,2008.(276-308 bet)
2.A.K.Shamshetova,R,N.Meliboyeva,X.E.Usmanova,F.I.Xaydarov’’Umumiy psixologiya o’quv qo’llanma”-T:”Barkamol media” 2018 yil.(185-210 bet)
3.Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya” T.:“Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009. (231-248 bet)
7-Mavzu:Temperament va Xarakter. Qobilyat.
1.Temperament haqida tushuncha.
2.Temperament tiplari va nazariyalari.
3. Xarakter haqida tushuncha.
4. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari.
5. Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi.
6. Qobiliyatlarning tuzilishi,qobiliyat turlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: shaxsning individual tipologik jihati, temperament, markaziy nerv sistemasining tiplari, yekstrovertiv, iktrovertiv jihati, stabillik, sustkashlik, aktivlik, reaktivlik, sangvinik, xolerik, flegmatik, melonxolik. Qobiliyat, layoqat, bilim, ko`nikma, malaka, qobiliyatning sifat va miqdor xarakteristikasi, umumiy va maxsus qobiliyatlar, talatnt, istedod, daxolik.


7.1.Temperament haqida tushuncha.
Ma`lumki, odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlari nisbatan teng bo`lganda, bir xil tashqi ta`sir etganda, bir biridan ta`sirchanligiga va ko`rsatayotgan energiyasiga ko`ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoktiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tez o`yg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma`noli mimika, boshqasining harakatlarida og`ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. Kishining harakatlardagi o`zgarishi tabiiy ravishda ko`pincha tarbiyalangan ustanovkalar (ko`rsatmalar) va odatga, vaziyatning talabiga va shu kabilarga bog`liq bo`ladi. Ammo SO`Z yuritilayotgan individual farqlar o`zlarining tug`ma asosiga ega bo`lishi shubhasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar bolaligidayok ma`lum bo`la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko`rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi. Individga xos dinamik fazilatlar o`zaro ichki bog`lanishga ega bo`lib, o`ziga xos tuzilishni tashkil etadi.
Temperamentning xususiyatlari psixikaning individual xususiyatlaridan bo`lib, inson psixik faoliyatining o`tishini, dinamikasini belgilab beradi.
Psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog`liq emas. Psixik faoliyat dinamikasi kishining motivlariga, psixik holatlariga ham bog`liqdir. U holda temperament va kishining faoliyatiga ta`sir qiluvchi xususiyatlarni qanday farqlash mumkin. Buning uchun quyidagi belgilarni hisobga olish zarur.
1.Temperament xususiyatlari faqat bir turdagi emas, balki har xil va turli maqsadlardagi faoliyat turlarida, mehnatda, o`yinda, sportda, o`quv mashg`ulotlari jarayonida nomoyon bo`ladi.
2. Temperament xususiyatlari odam hayotining butun davomida yoki ma`lum qismida barqaror va o`zgarmasdir.
3. Temperament xususiyatlari bir-biri bilan tasodifiy emas, balki qonuniy bog`langan bo`lib ma`lum tuzilishni tashkil qiladi.
Shunday qilib, temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda, maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi hamda temperament tiplarini xarakterlovchi tuzilishni hosil qiladi.
Temperament lotincha - temperamentum - qismlarning nisbati degan ma`noni anglatadi. Qadimda kishidagi tuyg`ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi "sharbatlarning" (suyuqliklarning) miqdoriga, ularning nisbatiga bog`liq deb hisoblanar edi. Bularning aralashmasi temperamentdir.
Qadimgi grek vrachi va tabiatshunosi Gippokrat (eramizdan oldingi V asr ) taxmin qilgan: bir xil odamlarning organizmida safro yoki o`t (chole) ko`p bo`lsa - xolerik; qon (sanguis) ko`p bo`lsa - sangvinik; shilliq narsa - balg`am (phlegma) ko`p bo`lsa - flegmatik, qora safro (melane chole) ko`p bo`lsa melanxolik tipiga kiradi. Uningcha, organizmdagi o`tning xususiyati quruqlikni saqlab turish (xolerik), qonning xususiyati issiqlikni saqlab turish (sangvinik), qora o`tning xususiyati namlikni saqlab turish (melanxolik), balg`amning (shilimshiq modda) xususiyati sovuqlikni saqlab turish (flegmatik) demakdir.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin