Umumiy psixologiya



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə77/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

G.S. Abramova bo‘yicha:

  1. Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 2 yoshgacha.

  2. Ilk bolalik davri – 2-4 yoshgacha.

  3. O‘rta bolalik davri – 5-7 yoshgacha.

  4. Bolalikning tugash davri – 8-12 yoshgacha.

  5. O‘smirlik davri – 13-17 yoshgacha.

  6. O‘spirinlik davri – 18-22 yoshgacha.

  7. Kattalik davri – 23-30 yoshgacha.

  8. O‘tish davri – 30-35 yoshgacha.

  9. Yetuklik davri – 36-50 yoshgacha.

  10. Keksayish davri – 51-65 yoshgacha.

  11. Qarilik davri – 65 yoshdan yuqori.



Greys Krayg, Don Bokumning “Psixologiya razvitiya” (2006 y) kitobida insonning hayotiy yo‘li quyidagi davrlarga bo‘linadi:

  1. Perinatal davr – homila paydo bo‘lgandan bolaning tug‘ilishigacha bo‘lgan davr.

  2. Go‘daklik – tug‘ilgandan 18-24 oylikkacha (2 yoshgacha) bo‘lgan davr.

  3. Hayotning datlabki 2 yili (toddler bosqichi) – 12-15 oydan 2-3 yoshgacha bo‘lgan davr.

  4. Ilk bolalik – 2-3 yoshdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davr.

  5. O‘rta bolalik – 6-12 yoshgacha bo‘lgan davr.

  6. O‘smirlik va o‘spirinlik – taxminan 12-18-27 yoshgacha bo‘lgan davr.

  7. Ilk kattalik – 18-21 dan to 40 yoshgacha bo‘lgan davr.

  8. O‘rta kattalik – 40 dan 60-65 yoshgacha bo‘lgan davr.

  9. Kechki kattalik – 60-65 dan umr oxirigacha bo‘lgan davr.

Shuningdek, yoshni davrlashtirish muammosiga turli jihatdan yondoshilgan nazariyalar ham mavjuddir.
Z.Freyd bo‘yicha psixoseksual rivojlanish bosqichlari

  1. Oral bosqich tug‘ilgandan 1 – 1.5 yoshgacha.

Bu davrda go‘dak og‘iz va lab sohalarining stimulyasiyasidan qoniqish va lazzat oladi.

  1. Anal bosqich (1 – 1.5 yoshdan 3 yoshgacha) chiqaruv funksiyasi orqali qoniqish oladi.

  2. Fallik bosqich (3 yoshdan 5 – 6 yoshgacha) erogen zona genitaliy sohasida joylashgan (Edipov kompleks yoki elektro kompleksi).

  3. Latent bosqich (5 – 6 yoshdan 12 yoshgacha). Bunda jinsiy mayllar ikkinchi darajaga o‘tib, o‘zini namoyon qilmaydi.

  4. Genital bosqich (12 yosh va undan yuqori) jinsiy mayllar pubertat va o‘smirlik davrida yana 1 darajaga o‘tadi.




Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin