Umumiy psixologiya


-MAVZU:KICHIK MAKTAB YOSHIDAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə92/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

10-MAVZU:KICHIK MAKTAB YOSHIDAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.
Reja:
1.Kichik maktab yoshidagibolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
2.Kichik maktab yoshidagibolalarning aqliy rivojlanishi.
3.O‘quv faoliyatining xususiyatlari.
4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.
5.Kichik maktab yoshidagio‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
6 Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat.
7.Kichik maktab yoshidagibolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
O‘quv maqsadlari
Ta’limiy: Talabalarga kichik maktab davridagi o‘quvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, etakchi fvaoliyat, xulq-atvor xususiyatlari, aqliy rivojlanishi va shaxsining shakllanishi bo‘yicha bilim berish.
Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi pedagoglarda kichik maktab yoshidagibolalarni sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini singdirish.Talabalarni kichik maktab yoshidagio‘quvchilarga samarali ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z shaxsiy fazilatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.
10.1.Kichik maktab yoshidagibolalarning xulq-atvor xususiyatlari
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga etadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagibolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks yettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagibolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq etishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali “O‘quvchi ichki pozitsiya”sining shakllanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muqaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, u 7‑8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi.Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola xali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir.Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7‑8 yoshda (aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi.Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi.
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik krizis bilan mos keladi( bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi).
6-7 yoshli maktabga tayyor bolada "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning Yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab yoshidagibolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar.Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning Yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin