Umumiy psixologiya


O’quv rejada fan bo’yicha kurs ishlari rejalashtirilmagan



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə7/171
tarix27.01.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#81213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
Umumiy psixologiya”

O’quv rejada fan bo’yicha kurs ishlari rejalashtirilmagan.
5. Tavsiya etilayayotgan oraliq nazorat savollari

1.Yosh davrlar psixologiyasi nimani o’rganadi?


2. Bola shaxsini ta'limga psixologik tayyorgarligi deganda
nimalar nazarda tutiladi?
3. An'anaviy jihatdan olganda bolaning maktabga tayyorligi
qaysi aspektlarda ko’riladi?
4......... yoshdagi bola idrokning o’tkirligi, ishonuvchanligi,
xotiraning kuchliligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi?
5. Yosh davrlari psixologiyasining vazifalari nimalardan iborat?
6.”Pedagogik psixologiya” fanining muhim vazifalari nimalardan iborat?
7. D.B.Elkonin xulosasiga ko’ra go’daklik davrida nutqni tushunishni vujudga keltiruvchi asosiy shartlarni aniqlang?
8. L.I.Bojovich shaxs kamol topishini yosh davrlarga bo’lishda
qaysi omilni asosiy deb biladi?
9. 3 yosh krizisi (inqirozi) qanday hatti – harakatlarda ifodalanadi?
10. Bola to’g’ri yurishni, mulokotga kirishishni, predmetli faoliyatni egallash xususiyatlarini qaysi davrda egallaydi?
11. Uzoq umr ko’rishning asosiy sabablari.?
12. Maktabgacha yoshdagi bolaning psixik tarakkiyotiga xos xususiyatlar qaysilar?
13. Kichik maktab yoshida yuzaga keladigan yangi o’zgarishlar nimalardan iborat?
14. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta'limning rolini aniqlang?
15. Kichik maktab yoshidagi bolalarning taraqqiyoti nimalardan iborat?
16. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda nima orqali ta'limga bo’lgan munosabat yanada faol namoyon bo’ladi?
17. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xarakter xislatlaridan qaysilari faol rivojlana boshlaydi?
18. 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o’zgarishlar nimalar?
19. Yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qaysi psixolog olimlar ish olib borganlar?
20. Yosh davrlari to’g’ri tasniflangan qatorni aniqlang?
21.Ilmiy tadqiqot metodlarining sharhlash guruhiga qaysi metodlar kiradi.
22.Keksalik davri aqliy qobiliyatlari xaqida.
23.Yoshlik davrida uchraydigan qiyinchiliklarni ayting
24.О‘spirinlarda kasb tanlash bilan bog‘liq motivlarni о‘rgangan olim kim? 25.Ilk о‘spirinning psixologik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar nima
26.Bola psixik rivojlanishini ta’minlovchi qonuniyatlar
27.Yoshlik davrida uchraydigan qiyinchiliklarni
28.О‘spirinlk davridagi asosiy faoliyat nima
29.Yetuklik davrining muhim psixologik xususiyatlari nimada
30.B.Elkoninning еtakchi faoliyat haqidagi nazariyasi nima
31.Maktabgacha yosh davrida bola shaxsida rо‘y beruvchi eng muhim о‘zgarish qaysi
32.О‘smirlik davrida еtakchi faoliyat sifatida gavdalanadigan faoliyat turi qaysi
33.Pubertat davri qaysi yosh davriga thg‘ri keladi va bu davr nima
34.О‘qituvchining shaxsiy xislatlariga nimalar kiradi.
35.Pedagogik qobiliyatlarga nimalar kiradi?
36.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni belgilang.
37.Pedagogik psixologiyaning predmeti?
38.Pedagogik psixologiyada qо‘llaniladigan metodlar?
39.О‘qituvchi shaxsi sifatlarining psixologik klassifikatsiyasi.
40.Kobiliyat turlari
41.Bolalar qobiliyatining rivojlanishi qanday belgilanadi?
42.О‘spirin yoshining psixolgik xususiyatlari bilan boshqa yosh davridagi bolalar qaysi jixatlaridan farq qiladi?
43.Kichik maktab yoshidagi bolaning muim xususiyatlaridan biri bu?
44.Chaqaloqlik davriga oid tadqiqotlar olib borgan olimlar kim
45.Bola shaxsini ta’limga psixologik tayyorgarligi deganda nimalar nazarda tutiladi
46.Keksalik davri aqliy qobiliyatlari nimada
47.О‘spirinlarda kasb tanlash bilan bog‘liq motivlarni о‘rgangan olim kim.
48.Ilk о‘spirinning psixologik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
49.Bola psixik rivojlanishini ta’minlovchi qonuniyatlar
50.О‘spirinlk davridagi asosiy faoliyat bu
51.Quyidagi xususiyatlaridan qaysi biri kichik maktab yoshiga xos
52.Biogenetik va sotsiogenetik nazariyalar qaysilar
53.Maktabgacha yosh davrida bola shaxsida rо‘y beruvchi eng muhim о‘zgarish qaysi
54.Pedagogik psixologiyaning vazifalari
55.Yosh psixologiyasi fani qaysi fanning ilmiy asosini tashkil etadi?
56.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda о‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini о‘rganishda kо‘pincha qaysi metod qо‘llanadi?
57.Yosh psixologiyasida keng qо‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi?
58.B.G.Ananyev taklif etgan tasnifga kо‘ra yosh psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda keng qо‘llanuvchi suhbat, sо‘rov, test kabi meyetodlar qanday metodlar guruhiga kiradi?
59.Gerontopsixologiya yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bо‘lib hisoblanadi?
60.Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani о‘rganadi?
61.Akmeologiya yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi?
8.“Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy yosh psixologiyasi fanining asoschisi bо‘lib hisoblanadigan olim kim?
62.Qaysi davrgacha yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan?
63.A.Navoiyning qaysi asarida inson umrini yosh davrlariga ajratishning о‘ziga xos tasnifi keltirilgan?
64.V.Preyerning “Bola ruhiyati” asari qachon va qayerda nashr etilgan?
65.Quyidagi olimlarning qaysi biri “Odam tarbiya predmeti sifatida” asarining muallifidir?
66.Quyidagi olimlardan kimning psixik rivojlanish haqidagi ilmiy qarashlari kognitiv yondashuvga asoslangan?
67.Rekapitulyatsiya nazariyasida 4 yoshdan 12 yoshgacha psixik rivojlanish davri insoniyat tarixidagi qanday davrga о‘hshatiladi?
68.V.Shtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?
69.Bola psixik taraqqiyotining еtakchi omili sifatida L.I.Bojovich qanday ehtiyojni ta’riflaydi?
70.Yetakchi faoliyat haqidagi ta’limot qaysi olimning ilmiy qarashlariga asoslanadi?
71.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (о‘zaro tо‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi?
72.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birining ishlab chiqilishi P.Y.Galperin nomi bilan bog‘liq?
73.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
74.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi haqidagi g‘oya qaysi ta’limot doirasida ilgari surilgan?
75.L.Kolbergning ahloqiy rivojlanish nazariyasiga kо‘ra konvensional ahloq bosqichi taxminan qaysi yoshga tо‘g‘ri keladi?
76.D.B.Elkoninning еtakchi faoliyat haqidagi nazariyasiga muvofiq “odam-buyum” munosabat tizimi kо‘proq qaysi yosh davrlari uchun xos bо‘ladi?
77.Psixik rivojlanishning qaysi bosqichi psixoanaliz ta’limotiga kо‘ra psixologik va jinsiy rivojlanishning oxirgi tо‘rtinchi bosqichi hisoblanadi?
78.Ontogenezni filogenezning qisqa va siqiq shaklda takrorlanishi deb tushuntiradigan ta’limot qaysi?
79.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan nazariyaga kо‘ra inson psixik rivojlanishi davomida qaysi yosh davrida rollarning chalkashuvi xavfi kuchayadi?
80.J.Piajening intellektual faoliyat taraqqiyoti haqidagi nazariyasida “ramziy (simvolik) intellekt” aqliy rivojlanishning qaysi bosqichiga xos deb hisoblanadi?
81.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan ta’limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib kо‘rsatiladi?
82.J.Piaje tomonidan ilgari surilgan ta’limotga kо‘ra mavhum tushunchalar bilan mulohaza yurita olish qobiliyati qaysi bosqichda rivoj topadi?
83.J.Piajening inson intellekti taraqqiyotini tushuntirib beruvchi ta’limotiga kо‘ra sensomotor intellekt bosqichi yosh davrlarining ana’naviy tasnifiga kо‘ra qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?
84.Insonning shakl о‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?
85.Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bо‘lgan muloqot еtakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
86.Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?
87.Hozirda fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
88.Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bо‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida rо‘y berishini isbotlaydi?
89.Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida еtakchi faoliyat bо‘lib hisoblanadi?
90.Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi?
91.Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bо‘ladi?
92.Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?
93.Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri gо‘daklik davrining 3-4 oylarida paydo bо‘ladi?
94.Bola yuzida shaklan tabassumga о‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?
95.Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni о‘z vazifasiga muvofiq qо‘llay boshlaydi?
96.Bolalar kо‘zguda о‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?
97.Psixik rivojlanish davomida rо‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa qaysi yosh bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi?
98.Bolada nutqning rivojlanishi “sо‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta sо‘zda ifodalanadigan davr taxminan qaysi yosh oralig‘iga tо‘g‘ri keladi?
99.Ikki yoshga еtgan bolaning faol sо‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta sо‘zni о‘z ichiga oladi?
100.Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin?
101.Psixologiyada “tirilish kompleksi” sifatida ta’riflanadigan hodisa boladagi qanday ehtiyojning ifodasi deb tushuniladi?
102.Yig‘layotgan bolaning uzoqdan onasi ovozini eshitgach yig‘idan tо‘xtashni boshlaydigan davr psixologiyada qanday nom bilan yuritiladi?
103.Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bо‘lgan ehtiyojining еtarlicha qondirilmasligi psixologiyada qanday ataladi?
104.Bolada о‘zini-о‘zi boshqarishning dastlabki elementlari taxminan qachondan shakllana boshlaydi?
105.Bola psixik rivojlanishining ilk bosqichlarida kuzatiladigan ikki xil tabassum – spontan va ijtimoiy tabassumning xususiyatlari haqidagi quyidagi qaysi mulohaza tо‘g‘ri?
106.Gospitalizm sindromi – onadan juda erta ajralishi natijasida bolaning psixik rivojlanishida patologik holatlarning yuzaga kelishi hodisasi ilk bor qaysi olim tomonidan nisbatan tо‘liq tavsiflangan?
107.Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e’tibor qaratadi?
a) faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish) larga; b) faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta’qiq) larga; c) ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga; d) yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga.
108.Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga tо‘g‘ri keladi?
109.“Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi?
110.Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha yoshdan namoyon bо‘ladi?
111.Quydagi olimlarning qaysi biri о‘yin faoliyatining inson psixik rivojlanishidagi ahamiyatini chuqur о‘rganib, “О‘yin psixologiyasi” asarini yozgan?
112.Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval о‘yinning qaysi turi paydo bо‘ladi?
60.Qoydali о‘yinlar qanday psixologik xususiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bо‘ladi?
113.Maktabgacha yosh davrida bolalar narsa-buyum shakli о‘zgarganda ham uning miqdori saqlanib qolishi qonuniyatini hali tushunmasliklarini eksperimental isbotlagan mashhur olim kim?
114.Maktabgacha yoshdagi bolaning uzoq vaqt о‘ziga unchalik qiziq bо‘lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta’limiga qaysi jihatdan tayyorligini kо‘rsatadi?
115.Maktabgacha yosh davri oxiriga kelib, bola tafakkurida quyida keltirilgan о‘zgarishlarning qaysilari rо‘y beradi?
116.Maktabgacha yosh davrida bola shaxsida rо‘y beruvchi eng muhim о‘zgarish qaysi?
117.Bolaning ichki va tashqi hayotida differensiatsiya boshlanib, uning xulq-atvorida soddalik va soddadillikning keskin kamayishi taxminan qaysi yoshga tо‘g‘ri keladi?
118.Qaysi yosh davridan bola emotsiyalar ambivalentligi hodisasining mavjudligini tushuna boshlaydi?
119.Maktab ta’limiga motivatsion jihatdan tayyor bо‘lmagan bolani maktab avvalo nimasi bilan qiziqtiradi?
120.Statik tasavvurning ustunligi qaysi yosh bosqichida kuzatiladi?
121.Taxminan necha yoshdan odatda bola muayyan manzilga еtish yо‘lining haritasini bemalol chiza oladi?
122.Kichik maktab yoshidagi bolalarning bilish faoliyatida tafakkurning qaysi turi ustunlik qiladi?
123.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri taxminan 6 yoshdan boshlab namoyon bо‘ladi?
124. 9-10 yoshdan boshlab bolalarning tanqidni avvalgiga nisbatan og‘irroq qabul qila boshlashiga kо‘pincha qanday omil sabab bо‘ladi?
125.Kichik maktab yoshi davrida biror odamdagi qanday emotsional holatning idrok etilishida adekvatlik ayniqsa yuqori bо‘ladi?
126.Turli maxfiy yozuvlar, shifrlar о‘ylab topishga, yashirin makonlar, “shtablar” qurishga bо‘lgan qiziqish qaysi yosh davrida yaqqol namoyon bо‘ladi?
127.Kichik maktab yoshi davrida qanday tana tuzilishiga ega bolalar orasidan kо‘pincha dо‘stlar kamroq tanlanadi?
128.Kichik maktab yoshida altruizm xususiyatining darajasida avaalgi davrlarga nisbatan odatda qanday о‘zgarish kuzitiladi?
129.Kichik maktab yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog‘liq о‘quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi?
130.О‘smirlik davrida еtakchi faoliyat sifatida gavdalanadigan faoliyat turi qaysi?
131.О‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida quyidagi jarayonlardan qaysi biri yoki qaysilari ustunlik qilishi kuzatiladi?
132.Pubertat davri qaysi yosh davriga tо‘g‘ri keladi va bu davr qanday hodisa bilan tavsiflanadi?
133.L.S.Vigotskiy о‘smirning xayolini nima о‘xshatgan edi?
134.Nutqning rivojlanishida quyidagi xususiyatlardan qaysi biri о‘smirlik davri uchun xos?
135.О‘smirlarda xarakter aksentuatsiyalarining namoyon bо‘lishi muammosi quyidagi olimlarning qaysi biri tomonidan chuqur о‘rganilgan?
136.Namoyishkorona xulq-atvor xarakter aksentuatsiyasining qaysi turiga xos asosiy xususiyat hisoblanadi?
137.Komformlik sifati yuqori bо‘lgan о‘smirlar jinoiy ishga qо‘l urishiga odatda nima sabab bо‘ladi?
138.О‘smir shaxsida quyidagi ehtiyojlarning qaysi biri ayniqsa yaqqol namoyon bо‘ladi?
139.Mazmunsiz muloqotga yо‘nalganlik darajasi yuqori bо‘lgan о‘smirlarning о‘ziga-о‘zi beradigan bahosi odatda qanday bо‘ladi?
140.О‘smirda noadekvatlik affekti mavjudligi nimada namoyon bо‘ladi?
141.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri odatda о‘smirlik davri uchun xos emas?
142.Hissiyotlar namoyishining boshqarilishida ilk о‘spirinlik va о‘smirlik davrlari о‘rtasidagi tafovutni aks ettirgan quyidagi qaysi mulohaza tо‘g‘ri?
143.Bо‘sh vaqtga mо‘ljallangan xobbi tarzidagi qiziqishlar quyidagi qaysi yosh davri uchun kо‘proq xos?
144.Dо‘stlik va dо‘stlarni ideallashtirish qaysi yosh davri uchun xos odatdagi xususiyatdir?
145.Agressiyaning quyidagi qaysi turi о‘smirlik davrida qiz bolalarda о‘g‘il bolalarga nisbatan ayniqsa yuqori darajada bо‘lishi kuzatiladi?
146.О‘smirlik davrida bolaning ayrim fanlarga kо‘proq qiziqib qolishi kо‘pincha nimaga bog‘liq bо‘ladi?
147.Ilk о‘spirinlikda qaysi emotsional holatning umumiy darajasi boshqa yosh davrlariga nisbatan yuqori bо‘ladi?
148.Ilk о‘spirinlikda о‘zini о‘ylantiradigan savollarga javob topish uchun shaxsning kimga yoki nimaga murojaat qilish darajasi ortadi?
149.Ilk о‘spirinlik yoshida odam о‘zini yaxshiroq bilish uchun quyidagi usullarning qaysi biridan kо‘proq foydalana boshlaydi?
150.Ilk о‘spirinlikda о‘quvchilar tomonidan о‘qituvchining qanday sifatiga talab ayniqsa ortadi?
151.Ilk о‘spirinlik davrida tafakkur jarayonlaridagi qanday farqlar ayniqsa yaqqol nmoyon bо‘la boshlaydi?
152.Kasbiy shakllanishning optatsiya bosqichi qanday bosqich hisoblanadi?

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin