Umumiy psixologiya



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə184/300
tarix15.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#51297
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   300
Davlat pedagogika

TA'LIMIY O’YIN


Ishbilarmon va rol (holat)li o’yinlar muammoli topshiriqning bir turi. Faqat bunday holatda matnli matеrial o’rniga, ta'lim oluvchilar tomonidan yo’naladigan saqnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi



O’qitish usuli sifatida u quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • o’rgatuvchi: umumo’quv malakalarni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, shu jumladan, tushunish, yangi holatlarni shakllantirish va tahlil qilish;

  • rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, nutq, atrof-muhit sharoitiga o’rganish qobiliyatini rivojlantirish;

  • motivatsiyali: ta’lim oluvchilarni o’quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosa qabul qilishini rag’batlantirmoq;

  • tarbiyalovchi: mas’uliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish.

O’yin usullari va dars shaklidagi mashg’ulot holatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy yo’nalishlarda sodir bo’ladi:

  • didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi;

  • o’quv faoliyat o’yin qoidalariga bo’ysunadi;

  • o’quv material o’yinning vositasi sifatida ishlatiladi;

  • o’quv faoliyatiga didaktik vazifani o’yinga aylantiradigan musobaqa bo’lagi kiritiladi;

  • didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o’yin natijalari bilan bog’lanadi.

Ishbilarmon o’yinni rolli o’yindan farqi nimada?

Ishbilarmon o’yin ishtirokchilariga hayotiy holatda qurilgan o’yinli syujet taklif qilinadi, bunda ishtirokchilar oldiga yagona umumiy maqsad: taklif etilayotgan muammoni yechish qo’yiladi.

Shu bilan bir vaqtda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi lozim. Shuning uchun yechimni ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli xususiyatga ega: har bir ishtirokchi avval o’zining vazifali maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, undan so’ng esa uni guruh bilan kelishadi. Alohida vazifali maqsad bajarilishi butun guruh qaror qabul qilish natijalariga bog’liq. Odatda, ishbilarmon o’yin davomidagi muaommoni yechish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o’yin ko’p).

Ishtirokchilar harakatini baholash yakuniy va oraliq natijalar bo’yicha amalga oshiriladi: oraliq baholash belgilangan maqsadni amalga oshirishda ularning anglab yetishini oshirish maqsadida bizga o’yin davomida ishtirokchilar harakatiga ta’sir ko’rsatish imkonini beradi, yakuniy natijani baholashda ishtirokchilarning tashkiliy faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi.

Rolli o’yin, ishbilarmonlik kabi vaziyatda ko’rsatilgan, muammoni yechishda ishtirokchilarning faol birgalikdagi harakatlariga asoslanadi. Mavzu qatnashchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni yechish. Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o’yindagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o’yinning har bir ishtirokchilar maqsadlari - g’alaba qozonish, o’zini ko’rsatish. Vaziyatli o’yin yakunlarini nafaqat umumiy maqsadga erishish natijalari bo’yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha baholanadi.

Siz tomondan ishlab chiqilgan o’yin haqiqiy hayotga mumkin qadar yaqin bo’lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo’lmasligi kerak.




Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   300




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin