Umumiy qoidalar


-modda. Jinoyatlar majmui


səhifə15/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

33-modda. Jinoyatlar majmui
Ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
turli moddalarida yoki bitta moddasining turli
qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni
sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar
majmui deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining 
ikkinchi xatboshisi

3

5

6-bandlari
, 7-bandining 
birinchi
xatboshisi

8

11

12

13

15-bandlari
.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks 
Maxsus qismi 
ayni bir moddasining
turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning
og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining 
ikkinchi xatboshisi 
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 
27-bandi
.
34-modda. Retsidiv jinoyat
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan
yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 12 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
16

17

18

19-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida
ko‘rsatilgan hollarda esa, 
Maxsus qismning 
boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan
shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
20-bandi
.
Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi
mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib,
ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i
nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi
o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
21

22

26
 va 
27-bandlari
.
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi birinchi qismining
8-bandi
, 468-moddasi birinchi qismining 
3-bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
22

25-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
22-bandi
.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda
uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi
mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda
uning o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi,
shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining o‘tib ketganligi
yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
22

24-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
Ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 13 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga
qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina
qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
 28-bandi
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin