3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 37 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi
20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining
13 -bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati
bilan jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta
sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga
faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa,
sud tomonidan jazodan
ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan
guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz
qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan,
jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki
uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash
va fosh qilishga yordam
bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan
bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi
qismining
6-bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi
20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining
13 -bandi
.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan
hollarda,
jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda sud
tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: