3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 61 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
g) o‘ta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu guruh
manfaatlarini ko‘zlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
104-moddasida
nazarda
tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu
Kodeksning
97-moddasida
nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan
shaxs tomonidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib
sodir etilgan bo‘lsa, —
(105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli
Qonuniga
asosan “l” va “m” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil
27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli
“Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini
buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-
bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: