3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 42 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs jazoning o‘talmay
qolgan qismi mobaynida qasddan
yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan
mahrum qilishga hukm
etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan,
belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan
vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan
taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi
mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga
hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining
yigirma yilini haqiqatda
o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan,
belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan
vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan
taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin
berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
536 -moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
140
,
166-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv
etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli
“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining
9
va
10-bandlari
.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
asosida
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y.,
6-son, 248-modda)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: