Umumiy qoidalar


-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish


səhifə62/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

95-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish,
o‘zgartirish va tugatish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi
asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish
bo‘limlarida va mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-
maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj
bo‘lmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qo‘llash tugatilganda sud bunday shaxsni
umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuborish to‘g‘risidagi
masalani hal etish uchun sog‘liqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo
bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni tugatish
tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni
istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan
taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(96-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarori 27-bandining 
birinchi xatboshisi
.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy
davolanishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi,
jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy
asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 
182

194-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
28-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 55 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya
yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 44-moddasining 
to‘rtinchi
qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy
davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi 
nizom 
va
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan
shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi”gi 
nizom
(ro‘yxat raqami: 2591, 03.06.2014-y.).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil
28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
32-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
15-bandi
.
(96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin