hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga,
tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda;
g) xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: