148 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga
ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
148 -modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda
tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
(148 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi O‘RQ-673-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son) bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(148 va 148 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071- son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda
tutilgan hollar mustasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(148 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi O‘RQ-826-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172- son)