Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

169-modda. O‘g‘rilik
O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘g‘rilik:
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan
(kissavurlik);
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib;
(169-modda ikkinchi qismining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi
O‘RQ-822-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-
son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat
maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki
issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast
yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga
tashqaridan aralashish yo‘li bilan;
e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr
energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari
tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr
energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning
plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini
o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
(169-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli
Qonuniga
asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘g‘rilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib;


(169-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi
O‘RQ-794-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) ko‘p miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan
bo‘lsa, —
(169-moddaning uchinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi
O‘RQ-355-sonli 
Qonuniga
 asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-
modda)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘g‘rilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-
apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat
ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
1

2

5

8

9

11-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
3-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
3-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining 
uchinchi xatboshisi

5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi
35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin