Umumiy qoidalar


-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

183-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish
(183-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(183-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178-moddasining
birinchi qismi
.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni
tiklash haqidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(183-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178-moddasining
uchinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-
martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining 
uchinchi xatboshisi
.


(183-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuni
 tahririda
— O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin