239-modda. Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning
ruxsatisiz oshkor qilish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(239-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 68-moddasining to‘rtinchi qismi , 70-moddasining ikkinchi qismi , 72-moddasining ikkinchi qismi , 74-moddasining ikkinchi qismi , 271- moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi , 353-moddasi . 240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo‘yin tovlashi Oldingi tahrirga qarang. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda
guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki
bu ishdan bo‘yin tovlashi —
(240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(240-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 55-moddasining to‘rtinchi qismi , 66- moddasining to‘rtinchi qismi , 68-moddasining to‘rtinchi qismi . Oldingi tahrirga qarang. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik
ko‘rsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh o‘ziga
qarshi ko‘rsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi . 1
(240-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)