Umumiy qoidalar


 -modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

255 -modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini
yaroqsiz holatga keltirish
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek
texnologik jihatdan ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika,
signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni
foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi
buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
1
1
1
1
2
2


v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
g) ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) odam o‘lishiga;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli 
Qonuniga
 asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin