302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish
yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab
bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(302-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4.6-bandi . (302-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) SAKKIZINChI BO‘LIM ATAMALARNING HUQUQIY MA’NOSI Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)