Umumiy qoidalar


-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

95-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va
tugatish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni
uzaytirish, o‘zgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro
etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida va mahkumlarga
mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida
sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj
bo‘lmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qo‘llash tugatilganda sud bunday shaxsni
umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuborish to‘g‘risidagi masalani
hal etish uchun sog‘liqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan
bir qatorda tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni tugatish tibbiy-
maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno
etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar
tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(96-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-
567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-


son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 27-bandining 
birinchi xatboshisi
.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan
bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni
o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda
tibbiy muassasalarda davolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 
182

194-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
28-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni
majburiy davolash to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi
Qonuni 16-moddasining
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 44-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm
yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-
profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi 
nizom 
va “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan,
alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi”gi 
nizom 
(ro‘yxat raqami: 2591, 03.06.2014-y.).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
32-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi qarorining 
15-bandi
.
(96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin