VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar 150-modda. Urushni targ‘ib qilish Urushni targ‘ib qilish, ya’ni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qo‘zg‘atish
uchun turli shakldagi qarashlar, g‘oyalar yoki chaqiriqlar tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(150-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatining pasporti . 151-modda. Agressiya Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek shu
harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ- 458-son Qonuni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi”ning 5-bandi to‘qqizinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-sonli “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni .