Umumiy qoidalar


-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish
hamda o‘tkazish
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil
etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki
ularni saqlash —
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb
qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(278-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
ikkinchi qismi
.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun
telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish,
tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
uchinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-
martdagi PQ-608-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning
oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(278-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin