294-modda. Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Chegarachilar naryadi tarkibida bo‘lgan shaxsning chegara xizmatini o‘tash qoidalarini
buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(294-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan o‘tishga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
2.9
,
3.5-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: