Radioaktiv
materiallar
—qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa
ko‘rinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv
moddalar yoki yadro materiallari.
Tamom bo‘lgan
jinoyat
—muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga
oladigan ijtimoiy xavfli qilmish.
Tamom bo‘lmagan
jinoyat
—
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli
oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat.
Fuqaroligi
bo‘lmagan shaxs
—biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan
jismoniy shaxs.
Xizmat siri
—oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi
mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga
doir ma’lumotlar.
Xizmatchi
— davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga
oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs.
Xo‘jalik yurituvchi
subyekt
—mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Chet el valyutasi
—1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov
vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki
chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan
almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi;
2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob
birliklaridagi schyotlar va omonatlardagi mablag‘lar.
Chet el fuqarosi
—biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan
shaxs.
Yaqin qarindoshlar
—qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-
ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu
jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-
xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli
Qonuni
asosida atama bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |