Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

90-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish,
ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning
o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jazo
turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol
munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo
muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab bo‘linganidan keyin qo‘llanilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi
axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki
ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi
o‘tab bo‘linganidan keyin ushbu Kodeksning 
89-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangi
jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 
60
 va 
86-moddalarida 
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(90-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining 
uchinchi qismi
,
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
 472 — 480-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin