22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
275-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash,
hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzish —
(275-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(275-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining II (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat”), III (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish shartlari”), IV bo‘limlari (“Giyohvandlik vositalari. psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish”) va “Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami: 1090, 29.12.2001-y.). Oldingi tahrirga qarang.