Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar.
Qimmatli qog‘ozlar emitenti — qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida o‘z nomidan majburiyatli bo‘lgan yuridik shaxs yoki davlat organidir.
Investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Investitsiya muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yuzaga keltirilgan yuridik shaxs bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatini asosiy faoliyati tariqasida amalga oshiradi.