4.15 Jamiyat salomatligi, xavfsizligi va muhofazasi Barcha qurilish loyihalari, jamoat xavfsizligi, ayniqsa, katta quvvatli uskunalar, og'ir qurilish
uskunalari, qazish ishlari, transport va boshqa omillar, jumladan, yong'inlar va ifloslantiruvchi
chiqindilar bilan bog'liq potensial xavflarga ega. Qurilish vaqtidagi ommaviy xavf-xatarlar
kutilmagan vaqtda kutilmagan joylarda paydo bo'lgan atrofdagi odamlar uchun halokatli
oqibatlarni keltirib chiqarishi va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yuzaga kelishi mumkin
bo'lgan xatarlar ishchilar oqim va kasalliklar (masalan, COVID-19, OIV-OITS), jinsiy zo'ravonlik va
tazyiq (bundan buyon JZT), shuningdek, jinsiy ekspluatatsiya va tazyiq hamda jinsiy teganjanlik
(JET/JT), bundan tashqari jamoat yo'llarida loyiha obyektiga materiallar va uskunalarni etkazib
berishda transport hodisalari oqibatlari (shu jumladan, boshqa yo'l foydalanuvchilari uchun
xavfsizlikni)ni o'z ichiga oladi. Loyiha doirasida loyiha sohasidagi ishchilarning oqimi bilan bog'liq
potentsial xavflarni boshqarish uchun ishchilar oqimini boshqarish rejasi ishlab chiqiladi.
EPC pudratchi va Ekspluatatsiya qiluvchi kompaniya JET/JT dan himoya qilish va chora ko’rish
bo’yicha harakat dasturi tayyorlashi, unda protokollar tuzish va JET/JT riskini joyida hal qilish
mexanizmi ko’rsatilishi, shuningdek, har qanday yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ayblovni
qanday hal etish ko’rsatilishi lozim. Qurilish bosqichidagi boshqa rejalar joylarda va mahalliy
yo'llardan foydalanish yo'l harakati rejasini tayyorlaydi. "Favqulodda tayyorgarlik va ularga
rioya qilish rejasi" va kadrlar tayyorlash bosqichida boshqa xavf-xatarlar to'g'ri baholanadi.
Bundan tashqari, xavfsizlik xodimlari loyihani qurish va ishlatish bosqichida bo'ladilar. Xavfsizlik
kuchlari qurollanishini hisobga olgan holda, xavfsizlik choralari BMT huquqni muhofaza qilish
tashkilotlari xodimlarining xatti-harakati kodeksiga, XMKning xavfsizlik kuchlaridan to'g'ri
foydalanish amaliyoti bo’yicha: XMKning tavakkalchilikni baholash va boshqarish va BMTning
huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan kuch va qurollarni qo'llash bo'yicha
asosiy tamoyillari qo'llanmasiga asoslanadi.
Uchinchi tomon, jamoatchilik hamda boshqa manfaatdor tomonlardan kelib tushgan
shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi ta'sir o'tkazish rejasida belgilandi.