Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
Bunday holatlar EITB ning "Mehnat va mehnat sharoitlari" bo'limida ko'rsatilgan ta'sirni
kamaytirish va boshqaruvni nazorat qilish choralari doirasida tartibga solinishi kerak bo'lgan
xavflardir.
Tub aholi (yoki guruhlar) loyihani amalga oshirish hududida aniqlanmagan. Shu sababli tub
aholi uchun kafolat qoidalari ko'rib chiqilmagan. Jamiyatga o’tkaziladigan boshqa ta'sirlar
yuqorida va EITB ning "Jamiyat, sog'liqni saqlash, xavfsizlik va muhofaza" bo'limiga
muvofiq
hisobga olinadi.
5.
EKOLOGIK VA IJTIMOIY BOSHQARUV VA MONITORING
EITB ning 3-Jildi ekologik va ijtimoiy menejment tizimi (bundan buyon EIMT)
ning asosini
loyihaning qurilishi, ishga tushirish va ishlatish bosqichlarida ishlab chiqish uchun imkon yaratadi.
Ushbu dastur qurilish bosqichida, ishga tushirishda va ishlash bosqichida aniqlangan barcha
ekologik va ijtimoiy ta'sirlarning qurilish, ishga tushirish va ishlash bosqichida ishonchli EIMT tizimini
joriy etish orqali to'g'ri aniqlanishi va nazorat qilinishini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan.
Qurish, ishga tushirish va EIMT ni ishga tushirish bosqichida ham EITB ning 2-Jildida belgilangan
ta'sirni kamaytirish
va monitoring qilish talablari, shuningdek,
Ekologiya va Atrof-Muhitni
Muhofaza Qilish Davlat Qo'mitasi va kreditorlar tomonidan belgilangan talablarni hisobga olish
kerak bo'ladi.
Qurilish, ishga tushirish hamda ekspluatatsiya bosqichlarida ekologik va ijtimoiy boshqaruvni
belgilovchi asosiy hujjatlar quyidagilardir: Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi
(QEIBR), Ishga tushirishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (ITEIBR) va Ekspluatatsiyaning
ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (EEIBR).
Dostları ilə paylaş: