Tarjima fanining rivojlanishi. Qiyosiy tipologiya fanining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan omillardan biri tarjima tilning sistemasini o‘rganish bo‘ldi. Keyinchalik, tarjima jarayonida ikki tilning sistemasini qiyosiy o‘rganish bu fannining rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Lug‘atlar tuzish jarayoni.Ikki tilli lug‘atlar (tarjima va manba tillar)ning tuzilishi ushbu fanning paydo bo‘lishini taqozo etdi.
YAngi universal metodlarning yaratilishi. Bu omil qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini o‘rganish, ularning farqli va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi.