Stilistik bosqich: Bunda matnda ishlatilgan stilistik vositalar (troplar) va ularning qo‘shimcha axborot berish imkoniyati tahlil qilinadi. Stilistik vositalar matnda ma’lum axborotni obrazli qilib tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, mazkur obraz yoki simvol orqali qo‘shimcha ma’lumot etkaziladi.
Funksional bosqich: Stilistik tahlilning so‘ngi bosqichi bo‘lib, bunda matnda mavjud konseptual axborot tahlil qilinadi. Konseptual axborotga ega bo‘lish uchun dastlabki bosqichlar to‘liq va muvofiq ravishda tahlil qilingan bo‘lish kerak. Konseptual mazmunni anglash uchun faktual mazmunning matnda joylashish tartibini aniq tushunish talab etiladi. Dastlabki bosqichlardagi tadbirlar samarali amalga oshirilgan bo‘lsa, funksional bosqichda matnning konseptual mazmunini anglash qiyin bo‘lmaydi.
SHuningdek, matnni stilistik nuqtai nazardan tahlil qilish muamolari E.S. Aznaurova va boshq.larning ishlarida ham ko‘tarilgan. Ular matnning lingvostilistik tahlilini amalga oshirishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish zarurligini e’tirof etadi:
a) matndagi kalit so‘z va tematik so‘zlarning ularning qo‘llanilish nuqtai nazaridan tizimlashtirilishi. Bunda ularning aynan matn ichida qo‘llanishiga oid xususiyatlari tahlil qilinadi;
b) barcha leksik, sintaktik va fonetik stilistik vositalar (troplar) va shunday vositalar yig‘indisidan hosil bo‘lgan boshqa stilistik hodisalarni munosib anglash;
v) poetik detallarni tanlash va ularning tildagi o‘rnini izohlash.
Dostları ilə paylaş: |