Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Bevosita ishtirokchilarga ajratish



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə72/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
LTM ma\'ruza

Bevosita ishtirokchilarga ajratish. BI metodi jumlani eng kichik ma’noli qismlar (segmentlar)ga ajratish usulidir. Bunda konstruksiya markaziy masala hisoblanib, uning tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Ishtirokchilar ma’lum konstruksiya (butunlik)ni tashkil etuvchi so‘z, morfema yoki konstruksiya bo‘lishi mumkin. Bevosita ishtirokchilar deb ma’lum konstruksiyaning qurilishida bevosita qatnashgan bir yoki bir nechta qatnashchilarga aytiladi.

BIga ko‘ra, har bir konstruksich (mustaqil nutqiy parcha) ikki qismdan tashkil topadi, o‘z navbatida, har qaysi qism o‘z ichki bo‘linmalarga, qismlarga ajratiladi. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilinadi (SHabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini konstruksiyasi tahlili misolida): 1) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi. Masalan, birdaniga olib ketdi gulning totini tarzida birlashtirish mumkin emas. Avval gulning so‘zi toti so‘zi bilan birlashadi. So‘ngra gulning totini so‘zi olib ketmoq so‘zi bilan birlashadi; 2) bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas. Xususan, yuqoridagi gapda qurg‘ur, ilk so‘zlarini birlashtirib bo‘lmaydi; 3) BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi (Nurmonov, 2008, b. 61-64). Bu jarayon qismlarni boshqa ajratish mumkin bo‘lmagan holatgacha davom ettiriladi.




Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin