3.KURS ISHINI TARTIB BILAN JOYLASHTIRISH
(KOMPANOVKA)
1. Kurs ishining muqovasi 1-ilovada keltirilgan namuna tartibida
yoziladi.
2.Mundarija (2-ilova). Unda kurs ishida ta’kidlangan barcha bob va
bo‘limlar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar (agar mavjud bo‘lsa)
keltiriladi.
3. Kirish qismi, unda ish muallifi kurs ishi mavzusini aks ettiradi.
Mavzu bayonining o‘zi shakllantiriladi, uning mazmuni oydinlashtiriladi,
boshqa masalalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi va h.z. Kirish kurs ishining
tuzilishini tushuntirish va ish hajmini ko‘rsatish bilan yakunlanadi (qancha
bet, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar).
4.Kurs ishining asosiy qismi - bob, yangi sahifadan boshlanadi. Har
bir bob muammoning bir tomonini ochib berishga, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
ayrim masalalarni yoritishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Har bir bob yangi
sahifadan boshlanadi. Kichik bo‘limlar alohida sahifada yozilmaydi, lekin
oldingi va keyingi matndan bo‘sh qator bilan ajratiladi.
5.
Ishning
yakuniy
qismida
xulosada
(odatda
1-2
bet)
umumlashtiruvchi xulosa chiqarish kerak.
6.Butun ishning oxirida kursni yozishda foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxati alifbo tartibida keltiriladi. Internet-resurslardan ham foydalanish
ta’qiqlanmaydi (biz tayyor kurs ishlari haqida gapirmayapmiz, faqat kurs
ishingizni yozish uchun kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan materiallar - ilmiy
maqolalar, chizmalar, fotosuratlar va boshqalar).
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
O‘quv adabiyotlari muallifi 3 va undan kam bo‘lganda:
Xolbayev B.M. Geologiya /B.M.Xolbayev. –Qarshi: “Intellekt
nashriyoti, 2021. -207 b.
Yusupov G.U., Xolbayev B.M. Geologiya va gidrogeologiya
asoslari/G.U.Yusupov, B.M.Xolbayev. – T.: “Yangi asr avlodi” nashriyoti,
2003. -363 b.
8
O‘quv adabiyotlari muallifi 3 va undan ko‘p bo‘lganda:
Историческая геология /сост.:Н.В.Короновский [и др.] под ред.
Н.В.Короновский. –М.:Издательский центр “Академия”, 2011. -464 с.
Ko‘p tomli nashrlar:
Волков Ю.В. Об изменении климата в кембрии, ордовике и
силуре /Ю.В.Волков. –М.: Мир, 2021. –Т.1: Теоритические
представления. -229 с.
Jurnaldagi maqolalar:
Ilmiy to‘plamdagi maqolalar, tezislar
Холбаев Б.М. Геолого-гидрогеологическое обоснование нижней
части Кашкадарьинской области /Б.М.Холбаев, Ф.О.Джураев
//Фундаментальные и прикладные проблемы геологии и геофизики в
системе современного естественно-научного знания: сб. науч. Тр.-
Воронеж. 2021. С.-102-109.
Internet - resurslar
Трегуб А.И. Карта новейшей тектоники территории Воронежс-
кого кристаллического массива [Электронный ресурс] //сайт Вестник
ВГУ, 2006. http://www.vestnik.vsu.ru/pdf/heologia/2006/01/tregub_rus.pdf
|