ILOVALAR
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ,yuqorida zikr qilingan vazifalar asosan neft-gaz koni geologiyasi xizmati zimmasiga yuklatilgan bg’lib, bu ishlarni ongli va bilimdon mutaxassis sifatida sidqidildan bajarilishini ta’minlash hozirgi kunning talabidir.
SHuning uchun ham neft-gaz koni geologiyasi sohasi konning mavjudligini aniqlagan quduqni ishga tushirishdan boshlab, to uning bag’ridagi barcha mahsulot imkoni boricha olinganligini ifodalovchi hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar bg’ladigan konning "hayot yg’li" davomidagi barcha jarayonlarni oqilona va bilimdonlik bilan bajarilishining rahbari va ishtirokchisi bg’lishi taqozo etiladi.
Bu borada quduqlarning kovlanish jarayoni, ular bilan mahsuldor qatlamlarni ochish, ularni sinash va ishga tushirish, qatlamlarning fizik-geologik xususiyatlarinn g’rganish, ulardagi mavjud neft, gaz, kondensat va suvlarning xossalarini g’rganish, neft-gaz uyumlari joylashgan strukturalarning tuzilishini aniqlash, konning kesimlarini tuzish, mahsuldor qatlamdagi neft-gaz zahiralarini aniqlash va hisoblash, konning ishlash rejimlarini chamalash va uning umumiy suv siquvi sistemasidagi g’rnini belgilash, konni oqilona qazib chiqarish uchun kovlanishi lozim bg’lgan quduqlar sonini belgilash va ularning qazilish hamda ishga tushirilish navbatini aniqlash, qatlamning energetik quvvatlarini chamalash, uni qazib chiqarish uchun qg’llanishi lozim bg’lgan qatlam bosimining pasayishini oldini oladigan va undagi mahsulotni haydab chiqarish imkonini beradigan usullarni tavsiya qilish va qg’llash, hamda ularning ishini nazorat qilish, neft-gaz konlarini qazib chiqarish jarayonida er bag’ri boyliklarini va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari - hammasi neft-gaz koni geologining va geologik xizmatining vazifalaridandir.
Hozirgi sharoitda neft-gaz konlarining chuqurligi ortib bormoqda. Ulardan mahsulotning olinishi ancha murakkab sharoitlarda g’tmoqda, bular albatta texnika va texnologiyaning murakkablashuviga olib keladi va geologik xizmatning g’z ishida izchilligini, bilimdonligini taqozo etadi. Undan tashqari hozirgi sharoitda tabiatning zukko qudrati bilan g’nglab, yuzlab million yillar davomida hosil qilingan qimmatli mahsulot ayovsiz ishlatilmoqda va hozirgi darajada u davom etsa, yaqin kelajakda insoniyat bunday ajoyib mahsulotlarni tamomlaydi. Xuddi shu sababdan er osti boyliklarimizni oqilona ishlatish va ularning zahiralariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bg’lishlik har bir kon geologining muqaddas burchidir.
Respublikamizning mustaqallikka erishganligi natijasida neft va gaz sanoatining rivojiga hissa qo’shadigan beqiyos imkoniyatlar yaratildi. Bu borada davlatimizni neft va neft mahsulotlari bilan ta’minlashga erishish, yurtimizning eng chekka g’lkalarigacha gazlashtirish vazifalar to’g’risidagi siyosati ustuvorlik bilan olib borilmoqda. G’lkamizning yangidan-yangi imkoniyatlari namoyon bg’lmoqda. Lekin shu joyda bir narsani ta’kidlash joizki, bizning zahiralarimiz chegarasiz emas, doimo ularning isrofiga yg’l qg’ymaslik tadorikini qilmog’imiz lozim bg’ladi.
Dostları ilə paylaş: |