1. Asosiy tushunchalar Davlat metrologik nazorati – Metrologiya qoidalariga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadlarida davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat.
O‘lchash vositalarini qiyoslash – O‘lchash vositalarining o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – O‘lchash vositalarining metrologik tavsilotlarining haqiqiy qiymatlarini va qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) ga litsenziya – Ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash – metrolgik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish.