. Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi). Motoo'qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-aslahasi va imkoniyatlari Har bir askar:
guruhning, o'z seksiyasi (tanki)ning va o'zining jangovar vazifalarini bilishga;
dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalar va tankka qarshi vositalarning jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa, eng zaif joyini bilishga;
istehkom inshootlarining jihozlash hajmi va jihozlash tartibini doimo kuzatib borishga, dushmanni o'z vaqtida topib olishga va darhol bu haqda komandirga bildiruv berishga;
hujumda qat'iyat va qo'rqmasdan harakatlanishga, mudofaada bardam va tirishqoq bo'lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo'q qilishga, jangda matonat, zukkolik ko'rsatishga, o'rtog'iga yordam berishga;
joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning himoya xususiyatlaridan mohirona foydalanishga; okop va pana joylarni tezda jihozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to'siq-g'ovlardan va zaharlangan joylardan o'ta olishga, tankka qarshi minalarni o'rnatish va chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o'tkazishni bilishga;
havodagi dushmanni tanib olishga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa nishonlarga o'qotar qurollardan o't ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga;
jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki halok bo'lsa, qo'rqmasdan bo'linma qo'mondonligini o'ziga olishga;
jangda komandirning ruxsatisiz o'z joyini tashlab ketmaslikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda, o'ziga va o'zaro yordam chora-tadbirlarini ko'rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbiy punktga jo'nash buyurilgan bo'lsa, o'zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbiy punktga borishga iloji bo'lmaganda, quroli bilan pana joyga o'rmalab borib, sanitarlarni kutishga;
o'q-dorilar, BMP (BTR) va tank yonilg'ilari sarfini kuzatib turishga, o'z vaqtida komandiriga o'q-dorilar va yonilg'i zaxirasi bo'yicha bildiruv berishga;
• BMP (BTR), tank buzilganda, ularni tuzatish chora-tadbirlarini
ko'rishga majburdir.
Askarning shaxsiy