Folklor ansambli mashg'ulotlarini tashkil etish va uning mazmuni. Mashg'ulotlarni tashkil etish-folklor ansambli mashg'ulotlar xonasi jamoaviy faoliyat uchun moslangan bo'lib xushhavo va ozoda bo'lishi mumkin. Javonlarda ansambl ishiga zarur maxsus dastur, metodik qo'llanmalar, nota to'plamlari, disklar hamda cholg'u asboblari, elektron va video, magnitafon kabi vositalari bo'lishi nazarda tutiladi. Shuningdek, javonlarda esa ansambl ishtirokchilarining liboslari va taqinchoqlari saqlanadi. Xonada atoqli san'atkorlarning rasmlari, to'garak faoliyatiga doir qo'llanmalar, afishalar bilan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Mashg'ulotlar asosan haftasiga 2 marta 2 soatdan o'tkaziladi. Dastlabki davrlarda esa haftasiga 3-4 marta ham o'tkazish mumkin. Bu o'z navbatida esa ansambl ishtirokchilarini tez fursatda o'zaro hamjihat bo'lishlarida hamda dastlabki ijodiy natijaga erishishlarida muhimdir.
O'quv soatlari yakka mashq, guruh va yalpi ansambl shakli mashg'ulotlariga bo'linadi. Rahbar ishtirokchilarning tayyorgarlik darajalariga qarab birinchi soatni yakka, guruhli mashg'ulotlarga esa ikkinchi soatni jamoaviy (yalpi) mashg'ulotlar uchun ajratishi ma'qul. Yangi kelgan ishtirokchilar uchun qo'shimcha mashg'ulot vaqti ajratish tavsiya etiladi. Ansambl faoliyatining dastlabki kunlarida cholg'uchilar guruhini sozlar turiga bo'lib, haftasiga 1 marta ikki, uch va undan ortiq soatdan cholg'uchilar soniga muvofiq yakka tartibda mashg'ulot o'tkazish ham samaralidir. Masalan, urma, zarbli sozlar, doira, qoshiq, shiqildoq, qayroq va boshqalar bilan haftaning belgilangan kunida 1 soat mashq o'tkazilsa, ikkinchi soatida torli chertma sozlar dutor, rubob, ud va boshqalar ustida ish olib boriladi. Torli-kamonli g'ijjak, qo'biz cholg'ular mashqi esa uchinchi soatni tashkil etadi. Aytimchilar va raqqoslar guruhining mashg'ulotlari esa haftaning boshqa kunlarida alohida-alohida o'tkaziladi. Dastlabki mashg'ulotlardan ko'zlangan natijaga erishilgach barcha guruhlar yalpi ansambl shakliga birlashtiriladi hamda shu tariqa haftasiga 2 soatli mashg'ulotlarga o'tiladi. Ammo keyingi bosqichlarda ham dastlabki mashg'ulotlar jadvalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Badiiy rahbar to'garakda mashg'ulotlar o'tkazar ekan o'quvchilarga har tomonlama bilim berishga va ijro malakalarini shakllantirishga harakat etishi lozim. Bunda o'rgatilishi lozim bo'lgan musiqiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyati va vazifalarini aniq belgilab olishi shart. Shuningdek mashg'ulotlar jarayonida musiqa savodi, nota yozuvi, ritmlarning turli tarzda guruhlanishi, tovush registrlari, alterasiya belgilari, pauzalar xususida muntazam ravishda ma'lumotlar berib boradi. Notalar haqidagi bilimlar esa amaliy mashg'ulotlarda qo'llanib boriladi. Ansambl tarkibidagi har bir guruh bilan mashg'ulotlarning natijasi tahlil qilib boriladi. Yuqoridagilardan ko'zlangan maqsad maktabda bolalar folklor to'garaklari va ansamblini tashkil etish orqali milliy musiqiy qadriyatlarimiz sarchashmalari bo'lgan xalqimiz tomonidan necha asrlar bo'yon ijro etib kelinayotgan mumtoz kuy va qo'shiqlarni o'rganish, to'plash hamda yangidan ularga sayqal berish orqali barkamol avlodni voyaga etkazishdan iboratdir.
Autogen mashq (yun. autogenes – oʻzi bajaradigan), autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psi-xoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Ne-mis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf be-radi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllaniladi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |