1.1. Maktab 2023-2024- o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur
Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi
Informatika, Musiqiy savodxonlik, Alifbe, matematika, texnalogiya, tarbiya, ingliz tili, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, tabiiy fanlar
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma
yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.