2.Umurtqalilar zoologiyasi fanining qisqasha rivojlanish tarixi. Umurtqali hayvonlar to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Arastu (Aristotel, yeramizga qadar 384-332 yillar) tomonidan byerilgan. Uning “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqish tarixi”, “Hayvonlarning qismlari to`g`risida” kabi asarlarida 452 tur hayvon to`g`risida ma'lumotlar mavjud. Arastu hayvonlarni ikki guruhga ajratgan:
1) qoni yo`q hayvonlar;
2) qoni bor hayvonlar.
Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqasizlar va umurtqalilarga mos keladi. Qadimgi Rim tabiatshunos olimi Gay Pliniy (yeramizning 23-79 yillari) o`zining 37 kitobdan iborat “Tabiiy tarix” asarida o`sha davrda ma'lum bo`lgan barcha hayvonlarni ta'riflab bergan.
Eramizning boshidan to o`rta asrlarga qadar fanda turg`unlik davri boshlandi. Uyg`onish davrida (XV—XVI asrlar) tabiatni, shu jumladan, hayvonlarni o`rganishga qiziqish qayta jonlandi. Bu davrda hayvonlar to`g`risida to`plangan materiallarni sistemaga solish talab qilinar edi. Mana shunday zoologik ishlardan biri shveytsariyalik olim, shifokor va naturalist Ye.Gesnyerning (1516-1565) 17 tomli “Hayvonlar tarixi” degan kitobidir. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to`g`risidagi ta'limotni XVIII asrga kelib shved olimi K.Linney yaratdi. K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinfga bo`ldi: sutemizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar. U o`zining mashhur “Tabiat sistemasi” nomli asarida sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga ajratdi. Lekin K.Linney o`sha davrda fanda hukmron bo`lgan turlarning o`zgarmasligi g`oyasini himoya qilgan.
Fransuz naturalisti va anatomi J.Kyuve (1769-1832) organizmning bir butunligi hamda organ va qismlarning o`zaro bog`liqligi (korrelyatsiya) to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. J.Kyuve zoologiya faniga “tip” tushunchasini kiritdi. U hayvonot dunyosini to`rtta tipga bo`ldi. Shulardan biri umurtqalilar bo`lib, bu tipni 4 ta sinfga: sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlarga ajratdi. Lekin J.Kyuve ham K.Linney kabi turlarning o`zgarmasligi g`oyasini ma'qulladi.
Turlarning o`zgaruvchanligi to`g`risidagi ta'limotni, ya'ni organik olam evolyutsiyasi to`g`risidagi g`oyani yaratuvchilardan biri fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) edi. Lekin J.B.Lamarkevo-lyutsion jarayonning sabablarini yechib byera olmadi.
Rossiyada umurtqali hayvonlar bo`yicha ilmiy materiallar Fanlar akademiyasi ekspeditsiyalarining ishi natijasida yig`ildi. Akademik P.S. Pallas Volgabo`yi, Sibir, Qozog`iston va Ural faunasini o`rgan-di. G.V. Stellyer Uzoq Sharqni, I.G. Gmelin Rossiyaning yevropa qismi janubini, Y.I. Lepexin mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali hayvonlarini o`rgandilar. Ana shu materiallar asosida P.S. Pallas o`zining “Rus Osiyosi zoografikasi” (1811 y.) degan asarini yozdi. Bu kitobda o`sha davrda Rossiyada tarqalgan umurtqali hayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarqalishi to`g`risida qimmatbaho materiallar byerilgan. Akademik A.F.Middendorfning (1815-1844) umurtqalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi to`g`risidagi materiallarni o`z ichiga olgan “Sibirning shimoliga va sharqiga sayohat” nomli asari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Zoologiyada ekologik yo`nalishni rivojlantirishda Moskva univyersiteti professori K.F.Rulening (1814-1858) xizmatlari katta. U hayvon organizmi bilan tashqi muhitning bir butunligi, yashash muhitining o`zg`arishi hayvonning o`zgarishiga sabab bo`lishini tushuntirib berdi. K.F.Rulening shog`irdi NASevyertsov (1827-1885) ustozi ishlarini umurtqali hay-vonlar ekologiyasi va geofafiyasi yo`nalishlarida kuchaytirdi.
Rossiyaning umurtqali hayvonlarini o`rganishda L.S.Byerg (baliqlar), G.V.Nikolskiy va P.V.Tyerentev (amfibiya va reptiliyalar), G.P.Dementev (qushlar), S.I.Ognev (sutemizuvchilar) kabi olimlarning xizmatlari juda katta. Umurtqali hayvonlarning ekologiyasini keyinchalik prof.D.N.Kashkarov (1878-1941), akademik S.S.Shvarts (1919-1976), prof. N.P.Naumovlar (1902-1982) batafsil va har tomonlama o`rgandilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi sohasida akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va uning ustozi A.N.Sevyertsovlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar.